Breaking News

Yevropa Ittifoqi a'zo davlatlarni gaz iste'molini kamaytirishga chaqiryapti


Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Leyenning aytishicha, agar Rossiya gaz ta’minotini to’xtatsa va mamlakatlar tegishli chora ko’rmasa, qish mavsumida a’zo davlatlar qiynalib qoladi
Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Leyenning aytishicha, agar Rossiya gaz ta’minotini to’xtatsa va mamlakatlar tegishli chora ko’rmasa, qish mavsumida a’zo davlatlar qiynalib qoladi

Yevropa Ittifoqi Rossiya “Shimoliy oqim-1” gaz quvurining yillik ta’miridan so’ng gaz uzatishda davom etishiga ishonmas ekan, tashkilot a’zo davlatlardan keyingi yil martigacha gaz iste’molini ko’ngilli ravishda 15 foizga qisqartirishni talab qiluvchi favqulodda reja ishlab chiqdi. Uni a’zo davlatlar ma’qullashi kerak.

Xalqaro hayot - 20-iyul, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:05 0:00

Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Leyenning aytishicha, agar Rossiya gaz ta’minotini to’xtatsa va mamlakatlar tegishli chora ko’rmasa, qish mavsumida a’zo davlatlar qiynalib qoladi.

"Rossiya shantaj bilan shug’ullanyapti. Energiyadan qurol sifatida foydalanyapti. Rus gazi qisman to’xtaydimi yoki butunlay, Yevropa bunga tayyor turishi kerak”, - dedi u.

Tashkilotga a’zo mamlakatlar qish kelmasidan gaz omborlarini to’ldirishga harakat qilmoqda.

Ukrainada urush boshlangunga qadar Yevropa gazning 40 foizini Rossiyadan olayotgan edi, biroq so’nggi paytda ta’minot 30 foizdan kamayib ketdi.

Yoqilg’i tanqisligi Yevropa sanoati va iqtisodiyotiga salbiy ta’sir qilmoqda, narxlar oshishiga sabab bo’lyapti. Masalan, Estoniyada oziq-ovqat 127 foizga qimmatlagan. Yevrozonada eng yuqori inflyatsiya darajasi aynan Estoniyada qayd etilgan.

O‘simlik yog’i, tuxum, go’sht, sut, kartoshkaga narx oshgan. Poytaxt Tallin aholisi kamtarroq yashashga, kamroq xarj qilishga urinyapti, chegirmali mahsulotlarni sotib olishga majbur bo’lyapti. Ba’zilar mashinasini garajga qo’yib, velosiped haydashga o’tgan.

Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni jon-jahdi bilan targ’ib va himoya qilgan Estoniya Kremlning javob choralarini qoralamoqda.

"Birinchi gal gaz o’tgan kuzda qimmatlashdi. Polsha va Litva chegarasida migrantlar to’plangan paytda. Dekabr oyida Putin NATOni ogohlantirganida narx yana oshdi. Ukrainada urush boshlanganidan keyin esa uchinchi bor qimmatchillik kuzatildi”, - deydi Tallindagi bank xizmatchilaridan biri.

Inflyatsiya darajasi Yevropa Ittifoqidan chiqqan Britaniyada ham yuqori. Iyun oyida bu ko’rsatkich 9,4 foizga yetgan – 1982-yildan beri eng yuqori inflyatsiya.

Angliya banki uning sur’atini jilovlash uchun qator choralar ko’rmoqda.

Britaniya nafaqat iqtisodiy, balki ob-havo muammolari bilan ham yuzlashmoqda. Umuman Yevropaning bir necha mamlakatida havo haroratining keskin ko’tarilishi natijasida o’rmonlar yonmoqda, yolg’iz Portugaliyada ming nafar odam o’lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG