Breaking News

Moldova, Gruziya va Ukraina kelajagini Yevropa bilan ko’radi


Yevropa Kengashi prezidenti German van Rompuy shu hafta Gruziyada bo’lib, bu davlat rahbariyati bilan muzokaralar o’tkazdi. U Yevropa Ittifoqi bilan savdo va hamkorlik shartnomasi imzolashni ko’zlayotgan davlatlarga safar qilmoqda.
Moldova, Gruziya va Ukraina kelajagini Yevropa bilan ko’radi/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:18 0:00
Yuklab oling

Rompuy Tbilisida prezident Georgiy Margvelashvili bilan muloqotda bo’ldi. Yevropa Ittifoqi yozga borib Gruziya bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu ittifoqqa a’zolik yo’lidagi birinchi qadam bo’ladi.

“Gruziya ayni damda tahdid bilan yuzlashayotgani yo’q, lekin qiyin ahvolga tushib qolsa bilsinki, u yakka emas. 28 a’zoli Yevropa Ittifoqi uni qo’llab-quvvatlaydi, kelajagimiz bir”, - deydi u. Rompuy.

2008-yilda Rossiya Gruziyaga qarshi urush ochib, uning ikki bo’lginchi mintaqasi Abxaziya va Osetiyani mustaqil o’lkalar deb tan olgan.

G’arb davlatlarida xavotir shuki, Ukraina sharqida ham xuddi shu ssenariy takrorlanishi mumkin. O’tgan hafta Donetsk va Lugansk viloyatlari Kiyevdan ajralish va Rossiyaga qo’shilish uchun ovoz berdi. Dunyo jamoatchiligi referendumni noqonuniy deb biladi.

Gruziyadan oldin Yevropa Kengashi prezidentini Moldovada qadrli mehmon sifatida kutib olishdi. Bu mamlakat 27-iyunda ittifoq bilan kelishuv imzolashni mo’ljallamoqda.

G’arb chekinish haqida o’ylayotgani yo’q, deydi siyosiy tadqiqotchi Nikolas Redman.

“Kelishuvlar haqida gap ketayotgani shundan dalolatki, Yevropa uchun bu jiddiy masala. Ittifoq sobiq sovet hududida Rossiya bilan bellashishga tayyorligini namoyish etmoqda”.

Lekin Yevropa bilan yaqinlashuv yo’lidan borayotgan Moldovaning oldida murakkab bir masala bor. Uning Pridnestrovye mintaqasi Rossiya nazorati ostida. 1990-yilda mustaqillik e’lon qilgan Pridnestrovye maqomini biror boshqa davlat tan olmagan, u yerda mingdan ziyod rus askarlari joylashtirilgan.

Prezident Vladimir Putinning ta’kidlashicha, bu mintaqa ahli o’z kelajagini o’zi hal qiladi.

“Pridnestrovyeda ruslar ko’p, bu odamlar kelajak haqida o’z tasavvuriga ega. Ularga quloq tutish demokratiyaning bir ko’rinishi”, - deydi Putin.

Tahlilchi Orisia Lutsevichga ko’ra, yaqinda Odessada ro’y bergan to’qnashuvlar Rossiyaning Pridnestrovye bilan aloqalariga e’tibor qaratdi.

“Ukraina korrupsiyaga botgan bir paytda Odessa doimo kontrabanda o’chog’i bo’lgan, bu yerdan boshqa joylarga, jumladan Pridnestrovyega noqonuniy yuk tashilgan, savdo olib borilgan”.

Kelasi oy Gruziya, Moldova va ehtimol Ukraina bilan shartnomalar imzolab, Yevropa Ittifoqi sobiq sovet davlatlarini o’ziga qo’shib olish uchun zamin hozirlayapti. Rossiya bunga qanday javob berarkin?
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG