Breaking News

AQSh-Yevropa savdo bitimi muzokaralarida siljish bor


Yevropa Komissiyasining bildirishicha, AQSh bilan dunyodagi eng yirik erkin savdo zonasini yaratishga qaratilgan muzokaralar samara bermoqda.

Komissiya so’zlovchisi Margaritis Shinasning aytishicha, muloqotda olg’a siljish bor. Eng so’nggisi iyul o’rtalarida Bryusselda o’tkazildi. Hozir muzokaralarning eng muhim pallasiga kiryapmiz, bitimning har bir bandi bo’yicha takliflar o’rtaga tashlangan, deydi rasmiy.

Biroq Germaniya Iqtisodiyot vaziri Sigmar Gabriel muloqot to’xtab qolganini aytmoqda.

“Hech kim buni tan olmayapti, ammo AQSh bilan muzokaralar natijasiz yakunlandi”, - deydi Germaniya vitse-kansleri.

2013-yildan beri muloqotning 14 davrasi o’tkazildi.

Transatlantika savdo va sarmoya hamkorligi tanqidchilariga ko’ra, bitim yirik korporatsiyalar manfaatlarini himoya qiladi, tashabbus tarafdorlari esa bundan AQSh va Yevropa Ittifoqi davlatlari birday foyda ko’rishini aytadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG