Yevropa Ittifoqi va O’zbekiston o’rtasida navbatdagi muloqot boshlangan. Muhokamaning asosiy qismi Samarqandda o'tmoqda. Bryusseldan borgan delegatsiya inson huquqlari va demokratiya targ'iboti qatorida taraqqiyot, energetika, ta'lim va ilm-fan sohasida ham hamkorlik masalalarini ham muhokama qilmoqda.
Huquq va erkinlik aloqalardagi eng nozik mavzu. Yevropa rasmiylari bu borada mamlakatda vaziyat og'ir ekanini tan olsa-da, Toshkent bilan muloqotda qattiq gapira olmaydi. Oktabr oyi oxirida borgan delegatsiya ham ahvol yaxshilanmoqda, progress bor deya umumiy so'zlar bilan cheklangan.
Vaholanki, o'sha kunlari Jenevada BMTning Qiynoqlarga qarshi qo’mitasi O'zbekistonda qiynoqlar hali ham katta muammo ekani haqida bong urib, respublika vakillarini savol tutgan edi. O’zbekistondan borgan bosh rasmiy Akmal Saidov "bizda siyosiy mahbuslar yo’q", "qiynoqlarga chek qo’yganmiz" deb g’azab bilan javob bergan edi.
Gap shundaki, Yevropaning bu boradagi pozitsiyasi noaniq.
Huquq himoyachisi Surat Ikromov Yevropa delegatsiyasi bilan kechayotgan uchrashuvlar haqida shunday deydi:
“Ombudsman Sayyora Rashidova bilan uchrashishgan. Bundan tashqari O’zbekiston Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi bilan ham muloqoti bor. Biz kecha 6-noyabr kuni Yevropa Ittifoqi vakolatxonasida delegatsiya bilan uchrashuv o’tkazgan edik. Inson huquqlariga oid vaziyat haqida delegatsiya vakillariga batafsil ma’lumot berildi. Umid qilamizki, bu talablar rasmiylar bilan o’tadigan muloqotda ham ko’tariladi”.
“Chegara bilmas muxbirlar”, qarorgohi Parijda joylashgan tashkilot, Yevropa Ittifoqiga O’zbekistondagi huquq va so’z erkinligiga oid o’ta og’ir vaziyat haqidagi ma’lumotlarni taqdim etgan.
“O’zbekistonda hamon senzura hukmronligi, vaziyat esa faqat yomonlashib borayotganini tushuntirdik”, - deydi tashkilot vakili Joan Bir.
Oliy Majlis a’zosi Akmal Saidovning Jenevada qilgan ma’ruzasida tanqidlarga nisbatan ko’rsatgan toqatsizligi, ko'pchilik nazarida, amaldagi siyosat o’zgarmasligidan dalolat.
Yevropa Ittifoqining pozitsiyasi ham tanqiddan xoli emas. Blok Toshkent bilan munosabatlarda yagona va qat’iy pozitsiya namoyon etmayapti, deydi faollar.
Oktabrda Fransiyaning Inson huquqlari bo’yicha elchisi Patritsianna Sprasino-Tillay Toshkentga safar qilganida asosan rasmiylar bilan kifoyalangan uchrashuvlarini yuqori baholagan. Faollar esa buni inson huquqlari bilan bog'liq muammolarga e’tiborsizlik deb baholashgan.
Siyosiy mahbuslarning yaqinlari Fransiya elchisiga murojaat bilan ham chiqishgan.
“Men Fransiya elchisini O’zbekistonda bo’lib, inson huquqlari bo’yicha uchrashuv o’tkazganini turmush o’rtog’im bilan uchrashuvdan qaytgach eshitdim. Unga erim bilan bog’liq vaziyat haqida xat bilan murojaat qilishga qaror qildim. Chunki xo’jayinim amnistiyaga tushirilmayapti, ruhiy qiynoqlar ostida “Jasliq” qamoqxonasida saqlanmoqda. Yaqindagi uchrashuvda ko’rdim, tanasidan bezlar chiqishni boshlagan”, - deydi siyosiy mahbus A'zam Farmonovning xotini Ozoda Yoqubova.
Siyosiy mahbuslarni ozod etish masalasi Bryussel va Toshkent muloqotining muhim shartlaridan biri sifatida ko’riladi.
“Chegara bilmas muxbirlar“ tashkiloti O’zbekistonda to‘qqiz jurnalist kasbiy faoliyati uchun qamoqda qolayotganini ta’kidlaydi.
“O’zbekiston hukumati so’z erkinligiga qarshi kurashini yanada kuchaytirib borayapti. Biz Yevropa Ittifoqini O’zbekistondagi vaziyatni kuzatish imkonini yaratishga chaqirayapmiz”, - deydi Joan Bir.
O’zbekiston va Yevropa Ittifoqi orasida inson huquqlari bo’yicha muloqotning tiklanishi dastlab jiddiy umid bilan kutib olingan edi. Ammo uning deyarli samarasiz kechayotgani bu umidlarni bir qadar so’ndirgan.