Xalqaro tashkilotlar hisobotlariga ko’ra, O’zbekiston qamoqxonalarida qiynoqlar davom etmoqda. O’tgan hafta mahalliy faollar ana shunday zulm natijasida vafot etgan navbatdagi qurbon haqida xabar tarqatdi.
Rasmiy Toshkent mamlakatda qiynoqlar muttasilligini tan olmaydi, hatto so’nggi bir necha xabar asossiz deydi.
Fransiyada ro’yxatdan o’tgan “O’t yuraklar klubi” inson huquqlari tashkiloti Husniddin Oqqo’ziyev tergov izolyatorida vafot etganini isbotlovchi dalillar bor deya qayd etmoqda.
Tashkilot rahbari Mo’tabar Tojiboyevaning aytishicha, marhumning jasadi - shafqatsiz munosabatning yaqqol isboti.
“32 yoshli Oqqo’ziyev Chiroqchi tumanining Chordara qishlog’ida yashagan. U 17-may kuni tuman ichki ishlar bo’limiga ma’muriy huquqbuzarlikda ayblanib olib kelingan. U yerda unga nisbatan vahshiyona qiynoqlar qo’llanishi natijasida vafot etgan. Murdaning oyog’idagi tirnoqlar singan, qorin qismi ko’karib ketgan. Chap oyog’ining panjalari tikilgan, bo’yin qismi kesib tashlangan, tikilgan. Bu hodisa yuzasidan prokuratura sovuqqonlik aybi bilan jinoiy ish qo’zg’atgan, lekin militsiya qiynoq qo’llagani, vahshiyona o’ldirgani yuzasidan emas”, - deydi Tojiboyeva.
O’zbekistondagi qiynoqlar Britaniya matbuotidagi bosh mavzulardan biriga aylangan. Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi qo'riqchisi Qayum Ortiqov turmada qiynoqqa tutilishi tafsilotlari yoritilgan maqolaga ko’ra, rasmiy London o’z xodimini himoya qilolmagan.
O’zbekistondagi qiynoq qurbonlari doirasi esa birmuncha keng, huquq-tartibot organlari qo’lidagi asosiy vosita sifatida qolayotgan bu metod tarixi ancha uzoqqa taqaladi.
BMT sobiq elchisi Teo Van Bovenning O’zbekistonda qiynoqlar muntazam qo’llanishi haqida bergan xulosasidan keyin o’tgan 10 yil ham bu vaziyatda biror o’zgarish qilmadi. BMT Bosh kotibining inson huquqlari bo’yicha yordamchisi yaqinda O’zbekistonga qilgan safaridan keyin ham ham buni e’tirof etdi.
Ammo BMT O’zbekiston inson huquqlari bo’yicha muzokarlarni davom ettirayotganiga umid bilan qaraydi. Respublika delegatsiyasi ikki oycha avval BMTning bu masala bo’yicha sessiyasida hisobot bergan edi.
Bu jarayonga jalb qilingan huquq himoyachisi Surat Ikromov fikricha BMT Toshkentga faqat tavsiyalar berish bilan cheklanadi.
“Men O’zbekiston hukumati BMT berayotgan tavsiylarni bajaradi degan katta umidda emasman. Lekin bir tomoni, BMT inson huquqlari bo’yicha keyingi majlisida hukumat aynan shu tavsiyalar qanchalik bajarilgani, bajarilmagani haqida yana hisobot berishi kerak. Bu shunaqa mexanizm. O’z navbatida, hukumat ham biror tavsiyani qabul qilishi yoki rad qilishi mumkin”, - deydi Ikromov.
Rasmiy Toshkent BMTga bergan hisobotida huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda ishlovchi jamoatchilik nazorat guruhini tashkil etish loyihasi haqida gapirgan. Bu - qiynoqlarga barham berish uchun rejalanayotgani taxmin qilinadi. O’zbekistonda shu kabi tashabbus bir necha yil avval ham muhokama qilingan, ammo natijasiz tugagan. Ayni paytda esa Bosh prokuratura jonbozligi bilan inson huquqlari to’g’risidagi yangi qonun loyihasi ustida ish ketayotgani ma'lum.
Mo’tabar Tojiboyeva - qamoqxonada qiynoqlarni o’z boshidan o’tkazgan faol. Uning aytishicha, bu qilmish ortidagi odamlar odatda jazolanmaydi.
“Qiynoq ko’rsatish evaziga ochilmay qolgan og’ir jinoyatlarni qo’yish odatiy holga aylangan. Fikrimcha, Husniddin Oqqo’ziyevni ham qandaydir og’ir bir jinoyatni tan olishga majburlashgan. U o’ziga qo’yilayotgan jinoyatni tan olmagani uchun ham shunday vahshiy qiynoqlar qurboniga aylangan”, - deydi Fransiyada yashayotgan huquqbon.
Tojiboyeva nazarida hukumat qiynoqlarga barham berishni lozim deb ko'rmaydi.
“O’zbekiston hukumati turli katta anjumanlarda ijobiy o’zgarishlar qilinayotgani haqida balandparvoz gaplarni aytishni yaxshi ko’radi. Aslida esa bunday emas, hukumat qiynoqlar qo’llashdan manfaatdor deb hisoblayman. Rahbariyat aybdorlarni jazoga torta boshlasagina, bu masalada o’zgarish boshlanishi mumkin”.
Aprel oyidan beri Xalqaro Qizil Xoch qo’mitasi O’zbekiston qamoqxonlariga kirmay qo'ygan. Sabab, deya bildiradi tashkilot, hukumat qo’yayotgan to’siqlar.