Breaking News

Hukumat ayfonni buzish uchun million dollar to'lagan


Agentlik "Apple" kompaniyasidan telefonni ochib berishni talab qilib, firmani siquvga olayotgan edi. Biroq "Apple" shaxsiy daxlsizlik, fuqarolarning huquqlarini pesh qilib bo'yin egmadi.
Agentlik "Apple" kompaniyasidan telefonni ochib berishni talab qilib, firmani siquvga olayotgan edi. Biroq "Apple" shaxsiy daxlsizlik, fuqarolarning huquqlarini pesh qilib bo'yin egmadi.

Federal qidiruv boshqarmasi Kaliforniyada qonli hujum sodir etgan shaxsning ayfonini buzib kirish uchun taxminan 1,3 million dollar pul to'lagan.

Bu raqam boshqarma rahbarining "kelasi yetti yilda ham men buncha pul ishlab topa olmagan bo'lardim" degan bayonoti asosida hisoblangan. Jeyms Komining yillik maoshi 180 ming dollar.

Agentlik "Apple" kompaniyasidan telefonni ochib berishni talab qilib, firmani siquvga olayotgan edi. Biroq "Apple" shaxsiy daxlsizlik, fuqarolarning huquqlarini pesh qilib bo'yin egmadi. So'ng federal idora xakerlar yordamida ayfonni buzib kirishga muvaffaq bo'ldi.

Londonda xavfsizlik forumida so'zlagan Jeyms Komining aytishicha, "Apple" bilan tortishuv ortda qolgan bo'lsa-da, jamoat xavfsizligi va fuqarolar shaxsiy hayotiga doir munozara davom etishi lozim.

"Internet va telefondan foydalanishda fuqarolar huquqlari va jamiyat xavfsizligi o'rtasida muvozanatni topishimiz uchun muhim bu", - deydi Komi.

"Terrorizm bilan bog'liq mojarolar yechimiga, umuman, federal qidiruv boshqarmasining ishiga halaqit bermoqda bu ziddiyat", - deydi u.

Kaliforniyada dekabrda sodir etilgan terror hujumi 14 odamni hayotdan olib ketgan edi. Hujumchilardan birining telefonidan aynan qanday ma'lumot topilgani haqida Jeyms Komi lom-mim demagan. U tergov davom etayapti, deyish bilan cheklandi.

AQShda otishmalar kundalik yangilik
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:02 0:00

Qurolga egalik Amerikada qadriyat va muammo
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:01 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG