Breaking News

Sobiq davlat arboblari, respublikachilar: Trampga ovoz bermaymiz


Respublikachi Trump
Respublikachi Trump

Milliy xavfsizlik masalalari bo'yicha sobiq davlat maslahatchilari, razvedka xizmati boshliqlari va savdo sohasi vakillari - jami 50 nafar respublikachi - "hech birimiz Donald Trampga ovoz bermaymiz" demoqda.

Ochiq xat yo'llagan arboblar Richard Niksondan tortib Jorj Bush ma'muriyatigacha katta lavozimlarda ishlagan. Ular orasida Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq rahbari Maykl Heyden, sobiq Ichki xavfsizlik vazirlari Maykl Chertoff va Tom Rij, sobiq Savdo vaziri Karla Hills va qator sobiq davlat kotiblari bor. Ularning bari - Tramp partiyadoshlari.

"Eng xavfli"

Maktubda Trampning prezident bo'lish uchun yetarli malaka va tajribaga ega emasligi aytiladi, u eng xavfli prezident va bosh qo'mondon bo'ladi, deyiladi.

"Uning prezidentga loyiq na shaxsiyati, na qadriyatlari, na tajribasi bor... U AQShning ma'naviy qudratiga putur yetkazadi... O'zini nazorat qilolmaydi va o'ylamay ish tutadi. Uning shaxsiy tanqidga toqati yo'q. O'zining xavfli harakatlari bilan eng yaqin hamkorlarimizi xavotirga soldi", - deyiladi maktubda.

Republican presidential nominee Donald Trump speaks during a campaign rally at Windham High School, in Windham, New Hampshire, Aug. 6, 2016.
Republican presidential nominee Donald Trump speaks during a campaign rally at Windham High School, in Windham, New Hampshire, Aug. 6, 2016.

Maktub mualliflari Trampni "xalqaro siyosatning eng asosiy faktlaridan bexabar" ekani va "o'rganishni ham istamayotgani"ni aytib, bundan xavotir bildiradi.

"Bu mamlakatimiz prezidenti va yadroviy arsenalimizni nazorat qiladigan bosh qo'mondon uchun nihoyatda xavfli sifatlar", deydi xatga imzo chekkan respublikachilar.

Bunga javoban Tramp maktub mualliflarini "Vashingtonning mag'lubiyatga uchragan elitasi" deb atadi. Hillari Klinton bilan birgalikda ular "Iroqni bosib olish, amerikaliklarga Bing'ozida halok bo'lish, "Islomiy davlat"ning vujudga kelishiga yo'l ochib bergan halokatli qarorlar qabul qilgan", deydi Tramp.

Dushanba kuni, shuningdek, Markaziy razvedka xizmatining sobiq rasmiysi va respublikachi Evan Makmallin Trampga muqobil nomzod sifatida prezidentlikka da'vo qilish niyatida ekanini ma'lum qildi. Lekin qaysi partiyadan nomzod ekanligi aniq emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG