Breaking News

Fransiyada islohotga qarshi namoyishlar, tarixga nazar


Xalqaro hayot - 4-may, 2018
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:14 0:00

1968-yilning mayida Fransiyada talabalar va ishchilar hukumatga qarshi bosh ko’targanida amaldagi Prezident Emmanuel Makron hali tug’ilmagan edi. Oradan 50 yil o’tib, Parij ko’chalarida yana yirik namoyishlar. Markazchi hukumat olg’a surayotgan islohotlar keskin tanqid ostida. Ammo Parijdagi muxbirimiz Liza Brayantning hikoya qilishicha, bugungi ruhiyat va hukumatga qo’yilayotgan talablar tamoman boshqa.

Fransiyada har yili may oyida mehnatkashlar namoyishga chiqishi odatiy hol. G’azabga to’lgan ishchilar, talabalar ishtirokida bir oy davom etadi. Yarim asr oldingi inqilob ham yodga olinmoqda.

1968-yilning mayida studentlar boshlagan norozilik aksiyasiga millionlab fuqarolar qo’shilgan, zavodlar ishdan to’xtagan.

Kasaba uyushmari o’z a’zolarini ko’chalarga chiqarib, mehnat sharoitini yaxshilashni talab qilgan. Prezident Sharl de Gol o’shanda parlamentni tarqatib, yangi saylov belgilaydi va uning partiyasi yana yutib chiqadi.

Ammo qo’zg’olon oqibatsiz kechmaydi. Prezident de Gol bir yil o’tib iste’foga chiqadi. Bu oddiy bir norozilik harakati emas edi.

“Jinsiy, siyosiy, huquqiy, madaniy erkinliklar uchun kurash edi bu. Yoshlar hatto o’z taqdirimizni o’zimiz belgilaymiz, ota-onamiz emas deb chiqishgan”, - deydi tarixchi Nikol Bakaran.

Ba’zilar esa voqealarni anarxiya deb yodga oladi.

“Mashinalarni yoqishgan, yo’lda uchragan narsani vayron qilishgan. Ta’lim islohoti deganda o’qishni osonlashtirish nazarda tutilgan”, - deydi nashriyotchi Jan Pikole.

Bu yilgi namoyishlarda ham talon-taroj, tartibbuzarlik kuzatildi.

1968-yilgi namoyish o’chog’i Parij yaqinidagi Nanter universiteti edi. Bu dargoh bir necha haftadan beri ishlamayapti. Talabalar o’qishga qabul qilish talablari o’zgarganidan norozi.

“Ko’proq erkinlik va huquq, shuningdek, ta’lim sifatini oshirishni so’rayapmiz”, - deydi Manel Jadun.

Temiryo’lchilar ham ularning ertaroq pensiyaga chiqish huquqi bekor qilinishidan norozi. Aviakompaniyalar xodimlari, tibbiyotchilar, immigratsiya bo’yicha faollar va aksil-kapitalistlar ham qo’shilgan. Ammo baribir bu gal boshqacha.

“68-yilgi namoyish bundan-da keng qamrovli bo’lgan, hukumat va siyosatda radikal o’zgarishlar talab qilingan”, - deydi aksiya qatnashchilaridan biri.

“Hozirgi aksiyalarda ko’proq erkinlik, dunyoni o’zgartirish talabi yangramayapti. Mavjud sistemani saqlab qolish so’ralyapti”, - deydi tarixchi.

1968-yilning mayida muayyan bir davr tugagan. Prezident Makron esa yangi davr farzandi. U inqilobdan 10 yil o’tib dunyoga kelgan. Shunisi aniqki, kelgusi haftalar va oylar davomida g’azabnok fuqarolar namoyishi davom etadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG