Breaking News

Aksar davlatlar demokratiya bobida past baho oldi


O'zbekiston hanuz erkinliklar cheklangan davlatlar ro'yxatidan tushgani yo'q
O'zbekiston hanuz erkinliklar cheklangan davlatlar ro'yxatidan tushgani yo'q

“Freedom House” - "Ozodlik uyi" inson huquqlari tashkilotiga ko’ra, erkinlik bobida dunyo bo'ylab qatorasiga 12 yildan beri chekinish kuzatilmoqda. Xitoy, Rossiya va Shimoliy Koreya - dunyo tinchligini buzayotgan davlatlar, Lotin Amerikasi va Afrikada esa progress ko’zga tashlanadi, deyiladi bu hafta e'lon qilingan tahlilnomada.

Demokratiya har tomonlama siquvda. Kurrai zaminning deyarli har burchagida. Fuqaro erkinliklari va demokratik jarayonlarni kuzatib boruvchi "Ozodlik uyi" bugungi ahvolni tahlil qilib, shunday xulosa qilmoqda.

Tashkilot eksperti Arch Paddington deydiki:

“Qatorasiga 12 yildan beri global miqyosda erkinliklar oyoqosti bo’layotganini ko’rayapmiz. 2017-yilda ham ahvol yaxshilanmadi. Dunyoning aksar mamlakatlari bizning ro’yxatda past baho oldi”.

Amerika haqida gap ketganda, Rossiyaning saylovlarga aralashuvi yuzasidan tergov uning demokratiya namunasi degan maqomiga bolta urdi.

Ozodlik uyiga ko’ra, Rossiyaning Yevropadagi dezinformatsion kampaniyasi ham dunyoda demokratik me’yorlar yemirilishiga olib kelmoqda.

Xitoyda, deydi ekspertlar, Prezident Si Zinpin liderligi ostida repressiya va senzura kuchaymoqda.

2017-yilda yarim milliondan oshiq rohinja musulmonlari Myanmadan Bangladeshga qochdi. Gumanitar inqirozni ko’pchilik, jumladan Vashington ham etnik tozalash deya ta’riflamoqda.

Zimbabveda Prezident Robert Mugabe hokimiyatdan ketdi. Ekspertlar mamlakat kelajagiga ehtiyotkorona optimizm bilan qaraydi.

“Zimbabvega erkinlik bobida pastroq baho berdik. Asosiy sabab - Prezident Mugabening nodemokratik yo’l bilan hokimiyatdan olingani, uning o’rniga ham nodemokratik ravishda boshqa odam o’tirgani. Islohot va liberalizatsiya to’g’risida va’dalar berishyapti. Umid qilamizki, ular amalga oshadi va jiddiy saylovlar o’tkaziladi”, - deydi Paddington.

Janubiy va Markaziy Amerika bo’ylab nisbatan progress… Xususan, Meksika joriy yilda yangi prezidentga ovoz beradi.

“Poygada qatnashayotgan nomzodlardan biri populist. Agar yutib chiqsa, Meksika siyosatida qiziq o’zgarishlar bo’lishi mumkin”, - deydi suhbatdosh.

Ikki davlatning urushlardan boshi chiqmaydi - Iroq va Afg’oniston. Har ikkisida xalqaro hamjamiyat harbiylar ta’siridan xoli, layoqatli hukumat shakllanishini kuzatmoqda.

Xitoy va Shimoliy Koreyaga qo’shni davlatlar - Janubiy Koreya va Tayvanda siyosiy taraqqiyot davom etayotgani olqishga sazovor, deyiladi tahlilda.

“Demokratik ravishda saylangan hukumatlar siyosiy reformalarni olg’a surayotgani quvonarli hol”, - deydi Arch Paddington.

Ozodlik uyiga ko'ra, O'zbekistonda erkinlik shabadasi esa boshlagandek, lekin tashkilot bugungi vaziyatga ehtiyotkorona optimizm bilan qaramoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG