Breaking News

AQSh mudofaa vaziri Rossiyaning Liviya operatsiyasi bo'yicha tanqidlarini inkor etmoqda


Rossiya va AQSh mudofaa vazirlari Anatoliy Serdyukov (chapda) va Robert Geyts, Moskva, 22-mart, 2011-yil
Rossiya va AQSh mudofaa vazirlari Anatoliy Serdyukov (chapda) va Robert Geyts, Moskva, 22-mart, 2011-yil

Robert Geytsning aytishicha, qurbonlar haqidagi xabarlarni Muammar Qaddafiy hukumati tarqatmoqda va ularning barchasi yolg'on.

AQSh Mudofaa vaziri Robert Geyts bugun Moskvada prezident Dmitriy Medvedev bilan uchrashmoqda. Liviyadagi vaziyat muhokamada.

Geyts Rossiya Mudofaa vaziri Anatoliy Serdyukov bilan ham bu borada gaplashgan. Serdyukov Liviyada AQSh yetakchiligidagi havo hujumlarini tanqid qilib, buning natijasida tinch aholi qurbon bo'layotganiga ishora qilgan.

Robert Geytsning aytishicha, qurbonlar haqidagi xabarlarni Muammar Qaddafiy hukumati tarqatmoqda va ularning barchasi yolg'on. Xalqaro kuchlar Liviyani bombardimon qilishda tinch aholi orasida talofatlarga yo'l qo'ymaslikka harakat qilmoqda, deydi Robert Geyts.

AQSh mudofaa vaziri Moskvadagi uchrashuvlari chog'ida Yevropada raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimini o'rnatish rejasi borasida ham gaplashadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG