Mark Grossman, AQShning Afg'oniston va Pokiston bo'yicha maxsus vakili, 20 may kuni Toshkentda bo'lib, O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Elyor G'aniyev bilan muloqot qildi.
Gap asosan Afg'onistondagi vaziyat va O'zbekistonning bu davlatga ko'rsatayotgan yordami hamda AQSh bilan hamkorlik haqida ketdi.
O'zbekiston Afg'onistonni elektr quvvati bilan ta'minlab kelmoqda. Xalqaro koalitsiyaga zarur noharbiy mahsulotlar respublika hududi orqali o'tadi. O'zbekiston Shimoliy Ta'minot Tizimining bir qismi.
Mark Grossmanning aytishicha, AQSh va O'zbekiston Afg'onistonda barqarorlikni mustahkamlash va farovonlik yo'lida birga ishlashda davom etadi. Bu uzoq muddatli hamkorlik, deydi u.
Bu Grossmanning maxsus elchi sifatida Toshkentga ilk safari. Undan oldin bu vazifada Richard Xolbruk ishlar va u o'tgan yili O'zbekistonga borib, prezident Islom Karimov bilan uchrashgan edi.
Xolbruk 2010 yilning dekabrida yurak xurujidan vafot etdi.
Mark Grossman Toshkentda muzokara olib borar ekan, muxolifatchi shoir Yusuf Juma qamoqdan ozod etilib, Amerika kuzatilgan.
Yusuf Juma davlat xizmatchisiga qarshilik ko’rsatish va militsiya xodimlariga tan jarohati yetkazish aybi bilan2008 yildan beri panjara ortida edi.
Uning erkinlikka chiqishida AQSh Mudofaa vazirligi muhim rol o'ynagan.