Breaking News

AQShda respublikachi qonunchilar Bayden ustidan impichment tergovini boshlayapti


AQSh Vakillar palatasining spikeri Kevin Makkarti
AQSh Vakillar palatasining spikeri Kevin Makkarti

AQSh Vakillar palatasining spikeri Kevin Makkarti Prezident Jo Baydenga nisbatan impichment jarayoniga turtki berishi mumkin bo’lgan tergov o’tkazilishi haqida ma’lum qildi.

Xalqaro hayot - 13-sentabr, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:09 0:00

“Ichki tergovlarimizdan Prezident Bayden oilasining xorijdagi biznes ishlaridan bexabar ekani haqida Amerika xalqiga yolg’on so’zlagani ma’lum bo’ldi”, - dedi Makkarti.

Vakillar palatasidagi konservativ respublikachilar oylar davomida tergov o’tkazishga chaqirib kelgan edi.

“Prezidentga qarshi qo’yilayotgan ayblovlar istalgan boshqa fuqaroga qo’yilganida u allaqachon sudga tortilgan bo’lardi”, - deydi kongressmen Skot Perri.

Demokratlar nazarida, respublikachilarning oylab davom etgan tergovida Baydenga qarshi pichoqqa ilinadigan birorta dalil topilmadi.

“Impichment bo’yicha tergov bema’nidir. Amerika xalqi bizdan ularning hayotini yaxshilashni xohlaydi, ta’qiblar, aybdorlarni qidirish o’rniga”, - deydi demokratlarning Senatdagi sardori Chak Shumer.

Respublikachilar Vakillar palatasida demokratlardan besh vakilga ko’p.

“Tergov Senatga yetib bormasligi ham mumkin. Kichik ustunlik bilan respublikachilar marraga yetib borishiga ishonch yo’q. Demokratlardan birorta ovoz olisha olmaydi. O’zlarining a’zolari ham qat’iyatini yo’qotmasligi kerak. Agar besh nafari bunga qo’shilmasa, chora yetarlicha ovoz ololmaydi”, - deydi vashingtonlik tahlilchi Maykl Torning.

Respublikachilarning ba’zilari 2024-yilgi saylovdan oldin impichment tergovini o’tkazish tashabbusi bo’yicha xavotir bildirdi. Ularning Senatdagi sardori Mitch Makkonel o’tmishda impichmentni suiiste’mol qilmaslikka chaqirgan edi.

Vakillar palatasi va Oq uy 30-sentabrgacha byudjet masalasida kelisha olmasa, federal hukumat faoliyatini moliyalashga pul tugashi mumkin.

Davlat idoralarining ishi to’xtab qolsa, quyi palataning qo’mitalari impichment bo’yicha tergovni olib borolmasligi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG