Breaking News

HRW: Islohotlar O'zbekistonda matbuot erkinligi uchun yo'l ochishi kerak


O'zbekistonda matbuot hozir qanchalik erkin?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:55 0:00

O'zbekistonda matbuot hozir qanchalik erkin?

Inson huquqlari bo'yicha Human Rights Watch (HRW) O'zbekistonda ommaviy axborot vositalari and jurnalistika sohasida qanday islohotlar va o'zgarishlar kuzatilayotgani haqida tahlilnoma chiqardi.

Unga ko'ra, so'z va matbuot erkinligi bobida qator yutuqlar bor lekin tub muammo o'sha-o'sha: amaldagi siyosatni tanqid qilish xavfli. Muxolif qarashlarni yoritish uchun jur'at yetishmaydi chunki tuzumdan qo'rquv kuchli.

Progress shuki, inson huquqlari tashkilotlari, xususan HRW uchun O'zbekiston hozir ochiq. Uning ekspertlari Toshkentda rasmiylar va nohukumat tashkilotlar bilan muloqotda.

Bugun, masalan, "Taraqqiyot strategiyasi" markazi qoshida ham uchrashuvlar kechgan.

Umid shuki, deydi HRWning O'zbekiston bo'yicha vakili Stiv Sverdlov islohotlar avj olib, matbuot erkinligi kengayadi. Mustaqil OAVsiz oshkoralik va taraqqiyotga erishib bo'lmaydi, deydi u.

HRW vakillari "Taraqqiyot strategiyasi' markazida, Toshkent, 28-mart, 2018
HRW vakillari "Taraqqiyot strategiyasi' markazida, Toshkent, 28-mart, 2018

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG