Breaking News

Amerikada falastinlik ona-bolani pichoqlagan odam aybini tan olmayapti


Illinoys shtati, 16-oktabr, 2023
Illinoys shtati, 16-oktabr, 2023

Joriy yilning 14-oktabr kuni Chikago shahri yaqinida falastinlk ona va uning o'g'liga qonli hujum qilganlikda ayblangan 71 yoshli amerikalik, Jozef Zuba o'zini aybsiz deb hisolaydi. Buni u bugun Illinoys shtatidagi sud huzurida bayon qilgan.

Zuba olti yoshli Vadiya al-Fayumni pichoqlaganlikda, onasi Hanaan Shahinni qattiq jarohatlaganlikda ayblanmoqda.

Voqea ro'y bergan Illinoys shtatidda tergov yakunlanib, sud hay'ati ishni ko'rib chiqib, Zubani jinoiy javobgarlikka tortishga qaror qilgan.

Tergov xulosalariga ko'ra, Zuba ona-bolaga musulmon bo'lgani va Yaqin Sharq bilan bog'liqligi borligi uchun tajovuz qilgan.

Zuba Shahin va bolasi ijaraga yashagan uyning egasi bo'lgan. Isroil-Falastin ixtilofi yana avj olganidan g'azabda yurganida oldidan ular chiqib qolgan. Ayol uni tinchlik uchun duo qilishga undagan. Shahin deydiki, bu maslahat ketidan Zuba unga va o'g'liga tashlangan.

Zubaga sakkiz qismdan iborat ayblov qo'yilgan. Uni jim o'tirib tinglagan ayblanuvchi sudya oldida turib, birortasini tan olmasligini aytgan.

Jozef Zuba Illinoys sudida, 30-oktabr, 2023
Jozef Zuba Illinoys sudida, 30-oktabr, 2023

Jarohatlangan ona 32 yoshda va ayni damda intensiv muolajada, chunki pichoq bir necha joyiga urilgan.

Vadiya 16-oktabrda dafn etilganida yuzlab amerikaliklar hamdardlik izhor etishga kelgan. Yaqinda tug'ilgan kunini nishonlagan go'dakni yaqinlari va tanishlari g'ayrati ichiga sig'maydigan, shodon va yoqimtoy bola sifatida eslaydi.

Uning otasi va qarindoshlari media bilan gaplashmayapti. Chuqur qayg'uda ekanini aytgan xolos.

Prezident Jo Bayden oila bilan gaplashib, ta'ziya bildirgan.

Sudya Deyvid Karlson qaroriga ko'ra, Zuba sud panjara ortida qoladi. Sud muhokamasi 8-yanvarda boshlanadi.

Uill tumani bosh prokurori muovini Myakl Fitzjerald deydiki, ayblanuvchi ozodlikka chiqsa, Zuba va yaqinlari hayotini xavf ostiga qo'yadi.

"Bu shaxs butun jamoatchilikka tahdid", - deydi Fitzjerald.

Zubaning advokatlari esa ayblanuvchi keksa yoshda ekanini, buning ustiga urush faxriysi va shu paytgacha biror jinoyatda ayblanmaganini aytib, suddan uni erkinlikka chiqarishni so'ragan.

Federal qidiruv byurosi Amerika bo'ylab diniy va etnik nafratga asoslangan jinoyatlar soni oshgani haqida ogohlantirmoqda, xususan musulmon va yahudiylarga nisbatan.

Rasmiylar qayd etishicha, Yaqin Sharqda vaziyat murakkablashganida AQShda bu kabi holatlar ko'payadi.

AQSh: Nafratga asoslangan jinoyatlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:29 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG