Breaking News

"Paxta kampaniyasi": Majburiy mehnat to'xtamas ekan, O'zbekiston hukumati jazolansin


"Paxta kampaniyasi" nomli xalqaro koalitsiyasi nazarida, O’zbekiston ahli paxta terishga majbur qilinadi, daromadning huzurini esa xalq emas, davlat rahbarlari ko'radi. 2015-yilda Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) terim mavsumini kuzatdi.

XMT va mustaqil tashkilotlar xulosasiga ko’ra, bu yil ham hukumat paxta ekish va terishda turli yo’llar orqali bir milliondan ziyod odamni majburat ishlatgan va buning jiddiy dalillari bor.

Hukumat ommaviy ravishda paxta terimini tashkil etadi va unda qatnashishga “majburlanish tahdidi nazariy emas, real”. Xulosalarga ko’ra, birinchidan, paxta terimini bajarish uchun mas’ul rasmiylar faoliyati o’zgarmagan. Ikkinchidan, voyaga yetganlarni yoppasiga paxta terimiga majburlash alomatlari aniq. Uchinchidan, ta’lim va sog’liqni saqlash sohasi egalari, davlat muassasalari xodimlari, paxta terish yoki buning evaziga pul to’lashga majbur qilingan.

XMT hisobotida “majburiy mehnatdan foydalanish amaliyotini tugatish uchun jiddiy choralar ko’rilishi kerak”, deyiladi.

Monitoring XMT hamda Jahon banki o’rtasidagi shartnomaga ko’ra amalga oshirildi. Bank O’zbekiston qishloq xo’jaligi uchun 500 million dollar mablag’ ajratgan. Bu kreditlarni olish uchun O’zbekiston hukumati majburiy mehnatni taqiqlovchi qonunlarga rioya qilishi shart. Biroq haqiqat bundan darak bermayapti.

Shu sababdan "Paxta kampaniyasi" - majburiy mehnatga qarshi tashkilot - Jahon bankini O’zbekiston hukumati paxta yetirshtirish tizimini isloh qilmagincha kreditlarni to’xtatishga chariqmoqda.

XMT kuzatucvhilariga paxta dalalaridagi vaziyatni kuzatish imkonini bergach davlat rahbarlari fuqarolar majburan ishlatilayotgani hollarini yashirishga uringan. Bunday qonunbuzarliklarga guvoh bo’lgan mahalliy faollar esa hibsga olingan, hujumlarga uchragan va ta’qib qilingan.

Masalan, 24-sentabr kuni Yelena Urlaeva va Malohat Eshonqulova talabalar bilan suhbatlashayotganda hisbga olingan va 14 soat davomida hibsda ushlab turilgan. Yana bir faol, Dmitriy Tixonov huquq-tartibot organlari tomonidan kaltaklangan. O’ktam Pardayev esa 16-noyabrda hisbga olingan va haligacha ozod etilmagan.

Bunday hollar xalqaro huquq tamoyillariga ziddir, deya qayd etmoqda XMT va "Paxta kampaniyasi". O’ktam Pardayevni darhol ozod etish kerak. Jahon banki va XMT O’zbekiston hukumatini inson huquqlarini buzayotgani uchun jazolashi kerak, deyiladi "Paxta kampaniyasi" bayonotida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG