Breaking News

Yadro quroli bor qo’shnilar Pokiston, Hindiston yetakchilari uchrashdi


Pokiston prezidenti Osif Ali Zardariy, Hindiston Bosh vaziri Manmoxan Singx. Bir kunlik safari chog'ida Zardariy Ajmer Sharif maqbarasini ham ziyorat qildi
Pokiston prezidenti Osif Ali Zardariy, Hindiston Bosh vaziri Manmoxan Singx. Bir kunlik safari chog'ida Zardariy Ajmer Sharif maqbarasini ham ziyorat qildi

Pokiston prezidenti Osif Ali Zardariy bugun Hindistonda Bosh vaziri Manmoxan Singx bilan gaplashgan. 2005-yildan beri Pokiston rahbarining qo’shni davlatga birinchi tashrifi.

Bir kunlik tashrifi chog'ida Zardariy muhim masalalarni muhokama qildik, Manmoxan Singxni ham tez orada Pokistonda kutamiz, dedi. Hindiston bosh vaziri nazarida ikki davlat taranglikni tinch yo’l bilan hal qilmog’i lozim.

2008-yilda pokistonlik 10 fuqaro Mumbay shahrini titratib, 166 kishini o’ldirganidan beri ora sovuq. Yadro quroliga ega ikki qo’shni murosa izlab keladi. Rasmiy Dehli xavfsizlik bilan bog’liq ahvoldan norozi bo’lib, Pokistondan terrorchi guruhlarga qarshi kurashda jonbozlik ko’rsatishni talab qiladi.

Mumbaydagi fojea, Dehli nazarida Pokistonda asoslangan Lashkari Toiba jangari guruhining ishi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG