Breaking News

Salkam uch yil o'tib Mumbayda yana xurujlar


Terrorchilar imkon boricha ko’p talofat yetkazmoqchi bo’lgan, deydi rasmiylar
Terrorchilar imkon boricha ko’p talofat yetkazmoqchi bo’lgan, deydi rasmiylar

Hindiston matbuoti xabariga ko’ra, Mumbay shahrini titratgan bir necha portlash kamida 20 kishini hayotdan olib ketgan. Yana o’nlab odam yarador.

Chorshanba kechqurun Mumbayning odam gavjum qismida, Opera Saroyi, zargarlik bozori va temir yo’l bekati joylashgan Dadar tumanida ketma-ket portlash ro’y bergan.

Shahar politsiya xizmati rasmiysi Madukar Samant:

Xuruj asoratlari
Xuruj asoratlari

“Bozordagi xuruj oqibatida ikki fuqaro jarohat olgan. O’tgan-ketganni so’roq qilayapmiz”.

Rasmiylarning aytishicha, qolganlarida avval avtomobil, keyin motosikl portlagan.

Dastlabki natijalardan ma’lum bo’lishicha, qo'lbola portlovchi moslamalar ishga solingan.

Mumbay shahar politsiyasi shay holatda.

Terrorchilar ishni puxta rejalab, imkon boricha ko’p talofat yetkazmoqchi bo’lgan, deydi rasmiylar.

Bollivud yulduzlari Ayshvarya Ray va Abxishek Bachchan Dehlida Fransiya elchixonasi tashkil qilgan tadbirni tark etmoqda. 13 may 2011 yil. Ayshvarya Ray sharafiga uyushtirilgan bu yig’in Mumbaydagi portlash ketidan qoldirilgan.
Bollivud yulduzlari Ayshvarya Ray va Abxishek Bachchan Dehlida Fransiya elchixonasi tashkil qilgan tadbirni tark etmoqda. 13 may 2011 yil. Ayshvarya Ray sharafiga uyushtirilgan bu yig’in Mumbaydagi portlash ketidan qoldirilgan.

2008-yilning noyabrida ham Mumbayni 10 kishi qo’rquvda ushlab, mehmonxonayu odamlar bilan gavjum boshqa binolarni qo’lga olib, 166 kishini o’ldirgan edi.

Prezident Barak Obama hujumni qoralab, Hindiston xalqiga hamdardlik izhor etdi.

Ishonchli do'st va hamrohimiz bo'lmish bu davlatda tergov ishlarida yordam beramiz, dedi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG