Eron va u bilan yadro dasturi bo'yicha muzokara qilayotgan olti davlat tashqi ishlar vazirlari bugun Venada muloqotni davom ettirmoqda. Tomonlar shu hafta keng qamrovli yakuniy bitimga kelishishga umid qilmoqda. Buning uchun hal etilmay qolgan ayrim mavzular bo'yicha kelishish lozim.
Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif har ikki tomonda xohish va harakat bor, deydi. AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, taraflar bitimni qabul qilishga har qachongidan yaqin, biroq kelishmovchiliklar bor.
Kerri va Zarif kecha bir necha bor uchrashgan. Eron sanksiyalarning tezroq bekor qilinishini talab qilmoqda, qarshi tomon esa xalqaro inspektorlarga Eron yadro va harbiy inshootlarini nazorat qilishga ruxsat berilishini istaydi. AQShdan tashqari Eron bilan Britaniya, Germaniya, Fransiya, Xitoy va Rossiya diplomatlari ham gaplashmoqda.
Bitim 30-iyungacha imzolanishi kerak edi, biroq muloqot yana bir haftaga cho'zildi.