Breaking News

Venada Eron yadro dasturi bo'yicha muzokaralar davom etmoqda


Venadagi uchrashuvlar, arxiv surat
Venadagi uchrashuvlar, arxiv surat

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Amerika va yana besh yirik davlat Eron yadro dasturi bo'yicha 24-noyabrgacha yakuniy bitim imzolanishidan umidvor. AQSh, Britaniya, Xitoy, Fransiya, Rossiya va Germaniya muzokarachilari bugun Eron diplomatlari bilan Venada muloqot qilmoqda.

Kerri Britaniya Tashqi ishlar vaziri Filip Xemmond bilan uchrashib, bugungi haftani juda muhim dedi.

"Eron barcha tomonlar bilan hamkorlik qilib, atom dasturi tinch maqsadga qaratilganini isbotlashi zarur", - dedi Kerri.

Eron matbuotiga ko'ra, Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif ham bitim imzolanishiga umid bildirgan, ammo, dedi vazir, xalqaro hamjamiyat Eronga ortiqcha bosim qo'ymasligi kerak.

Taraflar bir yildan beri keng qamrovli bitim ustida ishlab keladi. P5+1 guruhi Erondan yadro faoliyatini keskin cheklashni so'rab, evaziga Tehrondan iqtisodiy sanksiyalarni olib tashlashni taklif etmoqda.

O'tgan yil noyabrida vaqtinchalik hujjat imzolanib, tomonlar muzokaralarni olti oy davom ettirishga kelishgan edi. Ammo iyul oyida ham yakuniy bitimga erishilmagach, muzokaralar yana olti oyga cho'zildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG