Breaking News

Yevropa musulmonlari yoshlarni ekstremizmdan saqlash yo'llarini qidirmoqda


AQSh musulmonlari ekstremizga qarshi qanday kurashadi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:20 0:00

AQSh va uning ittifoqchilari Iroq va Suriyada jangarilar safiga xorijliklarning qo'shilishiga chek qo'yishga urinar ekan, dunyo bo'ylab musulmon jamiyatlari ham shu muammo bilan olishmoqda. Masalan, "Islomiy davlat" kabi terrorchi guruhlar Yevropada yoshlarni yollashga zo'r bergan. Tahlilchilarga ko'ra, yoshlarning bunday guruhlarga qo'shilib ketmasligini ta'minlash uchun musulmon jamiyatlari moddiy va ma'naviy yordamga muhtoj.

Norvegiya poytaxti Oslo musulmonlar soni tez o'sayotgan shaharlaridan biri. Boshqa ko'plab joylarda kuzatilgani kabi, bu yer ham musulmon yoshlarning radikallashishi muammosi bilan yuzlashmoqda.

"Bu jamiyat yetakchilarini dunyoning eng yaxshi ijtimoiy yordamchilari deb atagan bo'lardim", - deydi Yusuf Assiddiq.

Uning o'zini ham bir paytlar ekstremistlar saflariga yollashga uringan.

"Bu yoshlar har kuni nima bilandir band bo'lishi kerak. Masjidlar buni tashkil qilib bera olmaydi", - deydi Yusuf.

Tahlilchilar fikricha, Yevropa musulmonlari oldida muammolar ko'p. Ularning etnik tafovut asosida bo'lingani shulardan biri.

Fransiya va boshqa joylarda yuz bergan so'nggi hujumlar ortidan, musulmon jamiyatlariga yordam berish haqida ayrim chaqiriqlar bo'lganiga qaramay, yoshlar bilan ishlash bo'yicha hukumat aniq choralar ko'rmayapti, deydi Jorj Vashington universiteti professori Kelli Pemberton.

"Yevropa jamiyatidan ajralib qolish hamda ayirmachilik yoshlarning ektremist mafkuralarga berilishi sabablaridan biri", - deydi u.

Unga ko'ra, salbiy kayfiyat kuchaygan bir paytda, musulmonlar umuman yordam olmasligi ham mumkin.

Amerikada vaziyat ancha yaxshi. Masalan, Virjiniyaning Sterling shahrida kelib chiqishi turlicha bo'lgan musulmon yoshlari ijtimoiy tadbirlarda faol.

"Bu bizga xavfsizlik hissini beradi. Ota-ona sifatida bizga kerak bo'lgan narsalarga vaqt ajratyapmiz", - deydi musulmon amerikaliklardan biri biri.

Bu kabi markazlar Amerika musulmonlari erishayotgan muvaffaqiyat garovi sifatida ko'rilmoqda. Ayrim tashkilotlar bu tajribani Yevropaga ham ko'chirish harakatida.

Ana shunday guruhlardan biri Shimoliy Amerika islomiy jamiyatining boshqa dinlar va jamiyatlar bilan ishlovchi markazi. Unga Sayyid Said yetakchilik qilmoqda.

"O'zlikni tanishda turli tillarni gapirish, asl vatanlariga doim bog'lanib qolish va ortiqcha faoliyatlar bilan shug'ullanmaslik yaxshi samara bermaydi", - deydi u.

Said Yevropaga bir necha marta borib, u yerdagi musulmonlar bilan aloqa o'rnatishga urindi. Vaqt o'tgan sari, yoshlarni boy beryapmiz, deydi u.

"Asabiylashsa yoki nimadandir ko'ngli qolsa, ularning boradigan joyi internet", - deydi musulmon faoli.

Virjiniya musulmonlari bu yerda farzandlarining taskinni faqat internetdan topadigan yoshlarga aylanmasligiga umid qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG