Breaking News

Isroil G'azoga qo'shin kiritishga hozirlanyapti


Isroil havo hujumidan so'ng, Rafah, G'azo Sektori, 8-iyul, 2014-yil
Isroil havo hujumidan so'ng, Rafah, G'azo Sektori, 8-iyul, 2014-yil

Isroil tunda G’azo Sektorini havodan bir necha bor o’qqa tutib, 90 ga yaqin obyektlar nishonga olinganini ma’lum qilmoqda. G’azodan ham Isroil tomon snaryadlar yog’ilar ekan, yahudiy davlati sektorga qo’shin yubormoqchi. Isroil hujumlarida o'ndan oshiq falastinlik o'lgan, ikkisi bola, jarohat olganlar bor.

G’azo bilan chegarada Isroilning zirhli transporti va tanklari to’planmoqda. Zaxiradagi bir yarim ming odam armiyaga chaqirtirilgan. Vazirlar mahkamasi armiyaga jami 40 minggacha zaxirachini jalb qilishga ruxsat berdi.

Isroilga ko’ra, janubiy rayonlarga G’azodan bugun sakkizta, kecha esa 80 dan oshiq snaryad yog’ilgan. Isroil prezidenti Shimon Peresning aytishicha, bunday sharoitda uning mamlakati javob berishga majbur.

"Yaqin Sharq tinchligi bo'yicha muzokara qilayotgan to'rtlik HAMAS ga zo'ravonliklarni to'xtatishni, Isroilni tan olishni, tinchlik yo'lidan borishni va evaziga harakatni tan olishni taklif qildi, ammo barcha shartlarga yo'q deyishdi.

HAMAS matbuot kotibi Sami Abu Zuhriy Isroil qo'shin kiritsa qarshilik ko'rsatamiz, demoqda.

AQSh prezidenti Barak Obama har ikki tomonni bosiqlikka, aql bilan ish qilishga chaqirmoqda.

Isroilning “Haaretz” gazetasi bugun Obamaning maqolasini chop etdi. Unda Amerika rahbari Isroil va Falastin rahbariyatini aholini himoya qilishga, qasosga berilmaslikka chaqirdi.

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Jennifer Psakining aytishicha, davlat kotibi Jon Kerri har ikki tomon rahbarlari bilan gaplashib, ziddiyatni yumshatishga harakat qildi.

"Isroilga qarshi har bir hujumni qoralaymiz. Zo’ravonlikka joy bo’lmasligi kerak. Bundan tinch jamiyatga foyda yo’q", - dedi Psaki.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG