Breaking News

Otamboyev eng ko'p ovoz olgan, 63,24%

Roza Otunbayeva yil oxirida prezidentlikni Olmosbek Otamboyevga topshirishi va parlament boshqaruv tizimiga o'tayotgan Qirg'izistonda yangi hukumat vujudga kelishi kutilmoqda. Parlament spikeri Ahmatbek Keldibekov (chapdan) Qirg'iziston ulkan o'zgarishlar

Qirg'iziston Markaziy saylov komissiyasining bildirishicha, 30-oktarbda o'tgan prezidentlik saylovida eng ko'p ovoz Olmosbek Otamboyevga berilgan - 63,24 foiz.

Bu yakuniy natija emas va Otamboyev hali rasman g'olib deb e'lon qilinmagan, ammo yuqoridagi raqam uning navbatdagi prezident ekanini ko'rsatib turibdi.

Saylov kampaniyasi paytida olingan surat. Otamboyev deydiki, Qirg'iziston xalqi to'polon va tartibsizlikdan to'ygan, iqtisodiyotni oyoqqa turg'azish, farovonlikni o'ylash payti yetgan. Ammo sobiq bosh vazir olib borgan siyosatni kuzatgan tahlilchilar, uni

Otamboyev qatorida bu lavozim uchun yana 15 kishi kurashdi:

Аdaxon Madumarov - 14,77

Qamchibek Tashiyev - 14,32

Temurbek Asanbekov - 0,93

Umurbek Suvonaliyev - 0,87

Тursunboy Bakir o'g'li - 0,84

O'tgan olti yil ichida ikki inqilob va etnik xunrezliklarni boshdan kechirgan Qirg'iziston Markaziy Osiyoda parlament boshqaruv tizimiga o'tayotgan birinchi davlat bo'ladi
O'tgan olti yil ichida ikki inqilob va etnik xunrezliklarni boshdan kechirgan Qirg'iziston Markaziy Osiyoda parlament boshqaruv tizimiga o'tayotgan birinchi davlat bo'ladi

Kubatbek Баybolov - 0,83

Аnorbek Каlmatov - 0,73

Аrstanbek Аdbildayev - 0,47

Маrат Imankulov - 0,31

Кuvonishbek Isabекоv - 0,18

Kurmanbek Osmonov - 0,13

Аkbarali Aytikeyev - 0,11

Тo'raboy Kolubayev - 0,1

Soranboy Dehqonov - 0,07

Olmosbek Karimov - 0,07.

Qirg'iziston parlamenti raisi Ahmatbek Keldibekov bugun nomzodlar bilan muloqot qilib, ularni murosaga va Otamboyevni g'olib deb tan olishga undagan.

Uchrashuvda Otamboyev qatnashmagan, lekin parlamentning bildirishicha, da'vogarlar yurt kelajagini hamma narsadan ustun qo'yib, qonunga bosh egishga rozi.

Lekin saylov jarayonida yo'l qo'yilgan xatolar va qonunbuzarliklar tekshirilishi, javobgarlar jazolanishi va tizim oshkora ishlashi uchun chora ko'rilishi lozim.

Markaziy saylov komissiyasi yakuniy hisobot bergach, amaldagi vazirlar iste'foga chiqadi va Qirg'izistonda yangi hukumat tuziladi.

Parlament spikeri Keldibekovning aytishicha, koalitsion hokimiyat vujudga keladi, ya'ni qonunchilik organiga saylangan turli partiya a'zolaridan iborat boshqaruv.

Roza Otunbayeva yil oxirida prezidentlikni yangi saylangan arbobga topshiradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG