Breaking News

Gumanitar yordam O’sh va Jalolobodning hamma nuqtalariga yetib bormayapti


Qirg’iziston rasmiylari O’sh va Jalolobodda tartib o’rnata olamiz, demoqda. Bugun bu hududlarda vaziyat nisbatan tinch, otishmalar to’xtagan, deydi ular. Lekin guvohlarning aytishicha, tunda otishma ro’y berib, yana bir necha binoga o’t qo’yilgan.

Ko’chalarda talon-taloj davom etar ekan, hukumat vaziyatni qo’lga olishga urinmoqda, og’ir texnika kiritilgan.

Manas ota qishlog’ida to’plangan odamlar harbiylar tomonidan tarqatib yuborilgan.

Bu orada O’shning vayron bo’lgan ko’chalarida yuqumli kasalliklar tarqalishi ehtimoli yo’q emas. Qurbonlar yotgan joylarni dorilash zarurati haqida aytilmoqda. Gumanitar yordam, ichimlik suvi, oziq-ovqat joylarga yetib bormayotgani ma’lum. Bir necha do’konlar ochilsa-da, narx-navo keskin oshgan.

Chet davlatlari esa o’z fuqarolarini olib chiqishga harakat qilmoqda. O’zbekiston tomoni esa chegarani vaqtincha yopgan. Rasmiy hisoblarga ko’ra, O’zbekiston 45 ming katta yoshdagi qochoqni ro’yxatga olgan.

Ularga qo’ldan kelgancha yordam berilayotgani aytilmoqda. Biroq havo issiq, sharoit og’ir va shifokorlar yuqumli kasalliklar epidemiyasining oldini olish harakatida.

BMT Bolalar agentligi yaqin kunlarda qochqinlar, go’daklarga yordam uzata boshlaymiz, demoqda.

Ertaga Qirg’izistonda o’lganlar xotirlanar ekan, hukumat motam kuni e’lon qilgan.

Aholi axborotni asosan radio va televideniyedan olmoqda. Gazeta va jurnallar O’sh, Jalolobodga kelmay qo’ygan. Mahalliy televideniyedan faqat NTR va Qirg’iz teleradiokompaniyasi nomli kanallar ishlamoqda.

XS
SM
MD
LG