Breaking News

Qirg’iziston referendumni kechiktirmaydi, Turkiya, Qozog’iston buni olqishlamoqda


Qirg’iziston muvaqqat rahbari Roza Otunbayeva bugun janubiy viloyatlarni ko’zdan kechirib, vaziyat og’ir bo’lsa-da, konstitutsion referendum o’tkazish lozim, degan.

27 iyunda yangi bosh qomus xalq hukmiga havola qilinadi.

Jarayon qanchalik kechiksa, ahvol shuncha og’irlasha boradi, deydi u.

Turkiya va Qozog’iston bu qarorni qo’llab-quvvatlab, muvaqqat rahbariyatni har jihatdan yoqlashini aytmoqda. Bu hukumatni mustahkamlash, unga qonuniy maqom berish uchun muhim.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Dovuto’g’li Ostonaga borib, Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan Qirg’izistondagi ahvol haqida gaplashgan. Ikki davlat referendumdan so’ng birgalikda yordam chorasi ko’rishini aytmoqda.

Diplomatik, iqtisodiy va xavfsizlikka doir madad muhokamada.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG