Breaking News

Leopold muzqaymoq do'koniga bir asr to'ldi


Leopold amakining muzqaymoq do'koni
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:41 0:00

Leopold amakining muzqaymoq do'koni

Amerikaliklar muzqaymoqni shunchalar yaxshi ko’radiki, Prezident Ronald Reygan 1984-yilda iyul oyini muzqaymoq oyi deb belgilagan. Jorjiya shtati, Savanna shahrida afsonaviy muzqaymoq do’koni bor, ochilganiga roppa- bir asr to’ldi.

Jorjiya shtatining Savanna shahridagi Leopold muzqaymoq do’koniga navbat erta tongdan boshlanadi.

Do’kon egasi Stratton Leopold oilaviy biznesni davom ettirishini bilardi. Biznesni 1919-yilda uch grek immigrant ochgan.

“Otam muzqaymoq qilardi, ishi shu edi. Baquvvat bola edim, ko’p muzqaymoq yerdim. Do’stlarim kelishardi, hammamiz yerdik. Onamning ham qo’li shirin. Grek shirinliklarini butun mahalla bilardi. Hayotimiz shu shirinliklar bilan to’la edi”, - deydi Leopold.

Leopold aktrisa bilan turmush qurganidan keyin shirinliklardan tashqari, kino sanoatiga ham qiziqa boshladi. Bora-bora Gollivud prodyuseriga aylandi.

Bir-biriga o’xshamagan ikki sohani boshqarishning uddasidan chiqdi ham.

Unga do’konda mijozlar bilan muloqotda bo’lish yoqadi.

“Juda issiq, erib ketay deyapman. Muzqaymoq yeb olaylik deb keldik. Shokoladligidan. Bizga eng yoqqani shu”, - deydi qizaloq.

“Tekin olishimiz mumkin bo’lgan kunlik ulushimiz bor. O’zimnikini uyimga olib ketaman. Ba’zan muzqaymoq ko’plik qilganday tuyuladi, lekin turlari ko’p bo’lgani uchun joningizga tegmaydi, yangisini tatib ko’raverasiz”, - deydi do’kon ishchilardan biri.

Do’kon devorlari ishtiyoq bilan bezatilgan. 1950-yillardagi kamera, Leopold ishlagan filmlar plakatlari bor. “Imkonsiz missiya” kartinasi eng sevimlisi. Tom Kruz Leopoldning do’sti bo’lib qolgan.

“Biror filmga prodyuserlik qilsam, suratga olish maydonchasiga muzqaymoq yetkazib beraman. Aktyorlar, butun jamoa maza qilib yeydi. Savannaga kelganda albatta kirib o’tishadi. Ba’zan olib borib beramiz. Tom Kruzga ham yuborganmiz. Uning xohishiga ko’ra, Nyu-York, hatto Londonga ham yetkazib berganmiz”, - deydi Leopold.

Muzqaymoq do’koni ochilganiga 100 yil bo’ldi. Leopoldning farzandlari yo’q. Avloddan-avlodga o’tib kelayotgan bir asrlik do’kon endi kimga qoladi? Qarindoshlar orasida muzqaymoqchilik bilan shug’ullanishni istayotganlar hozircha yo’q. Muhimi, muzqaymoqni menchalik sevadigan inson bo’lishi kerak, deydi Leopold.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG