Breaking News

Huquq tashkiloti Qaddafiyga qarshi kurashgan kuchlar qatliomga aloqador deydi


Inson huquqlari himoyasi bilan shug’ullanuvchi Human Rights Watch tashkiloti Liviyada muxolifat Muammar Qaddafiyni tutib o’ldirgach, uning o’nlab tarafdorlarini ham do’pposlab, qatl etgan, demoqda.

Kundalik Eshittirish
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:30:00 0:00
Yuklab oling

Buni tasdiqlovchi yangi dalillar bor. 2011-yilning 20-oktabrida Qaddafiy Sirta shahridan qochayotib qo’lga tushgan va isyonchilar qo’lidan o’lgan edi.

Xalqaro huquq tashkiloti bugun e’lon qilgan hisobotga ko’ra, qo’zg’olonchilar Qaddafiyning soqchilari va tarafdorlarini ayovsiz kaltaklab, 66 nafarini o’sha atrofdagi mehmonxonaga olib borib, qatl etgan.

Human Rights Watch telefonga tushirilgan video va o’likxonada olingan suratlarga tayanmoqda.

Liviya hukumati xulosasiga ko’ra, Qaddafiy unga sodiq odamlar va muvaqqat rahbariyat kuchlari o’rtasidagi otishmada jon bergan. Human Rights Watch bu xulosani shubha ostiga olmoqda.

Chunki videodan ayonki, Qaddafiy va uning o’g’li Muttasim qo’lga tushgan payt tirik bo’lgan, keyinroq esa jasadlari topilgan. Huquq tashkiloti voqeani chuqur tergov qilishga undasa-da, Liviya rahbariyati biror chora ko’rayotgani yo’q, deyiladi Human Rights Watch hisobotida.

Liviya yangi hukumati tobora kuchga to’lib borayotgan qurollangan jangari guruhlarni jilovlashga urinib keladi. Prezident Muhammad al-Megarif davlatga bo’ysunishdan bosh tortgan jangovar uyushmalarga toqat qilib o’tirmaymiz, deydi.

Liviyadagi urush:
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG