Breaking News

Liviya g’arbida janglar, Rossiya reydlarga qarshi


Yegulik, dori-darmon va ichimlik suviga muhtoj Misrata hali ham muxolifat qo’lida. Davlat rahbariga qarshi qo’zg’algan odamlar “taslim bo’lish yo’q” deydi
Yegulik, dori-darmon va ichimlik suviga muhtoj Misrata hali ham muxolifat qo’lida. Davlat rahbariga qarshi qo’zg’algan odamlar “taslim bo’lish yo’q” deydi

Liviya g’arbidagi tog’li hududlarda va Misrata shahrida Muammar Qaddafiy tarafdorlari va muxolifat olishmoqda. Poytaxt Tripoli esa kechagi NATO havo hujumidan keyin bugun tinch.

Yegulik, dori-darmon va ichimlik suviga muhtoj Misrata hali ham muxolifat qo’lida. Davlat rahbariga qarshi qo’zg’algan odamlar “taslim bo’lish yo’q” deydi. Oppozitsiya armiyani shahardan siqib chiqarganini aytadi.

Muxolifatga mana bir oydirki, NATO kuchlari yordam bermoqda. Kecha ham alyans poytaxtda hukumat binosi, Qaddafiy qarorgohini bombardimon qilgan.

Shu haftadan e’tiboran, operatsiyaga Italiya ham qo’shilgan. Liviya Italiyaning sobiq mustamlakasi. Ikki davlat yaqin iqtisodiy hamkorlar va Italiya Qaddafiyning Yevropadagi sodiq ittifoqchisi edi.

Liviya rasmiylari nazarida NATO mag’lub bo’lishi aniq, chunki isyonchilar aslida sotqin va josuslar. “Harbiy blokning hujumlaridan zarracha qo’rqmaymiz”, - deydi ular. Avvalroq Muammar Qaddafiyning o’zi so’nggi nafasigacha olishishini aytgan edi.

Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashida Liviyaga qarshi qabul qilingan boshqa hech bir qarorni qo’llab-quvvatlamoqchi emas. Har qanday yangi chora mojaroni yanada avj oldirishi mumkin, deydi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

O’tgan oy BMT Xavfsizlik Kengashida Liviya uzra parvozlarni man qilishga doir rezolyutsiya ovozga qo’yilganida Rossiya betaraflikni afzal topgan edi
O’tgan oy BMT Xavfsizlik Kengashida Liviya uzra parvozlarni man qilishga doir rezolyutsiya ovozga qo’yilganida Rossiya betaraflikni afzal topgan edi

O’tgan oy Liviya uzra parvozlarni man qilishga doir rezolyutsiya ovozga qo’yilganida Rossiya betaraflikni afzal topgan edi.

AQSh hisob-kitobiga ko’ra, fevral boshidan beri yarim million aholi Liviyani tark etgan. Har kuni yana minglab odam bu davlatdan bosh olib ketmoqda. Sudan va Eritreyadagi urushdan qochib, Liviyada panoh topgan odamlar ham.

Buning og’iri asosan Tunis va Misrga, inqiloblardan endi oyoqqa turayotgan davlatlarga tushgan. BMT va Xalqaro Migratsiya tashkiloti yordamida minglab odam Liviyadan olib chiqilmoqda. Maqsad yangi konfliktning oldini olish, deydi AQSh Davlat departamentida aholi, qochqinlar va migratsiya masalalariga mas’ul rasmiy Ruben Brigiti.

Qo’shma Shtatlar Liviyaga 47 million dollar ajratgan. Bu mablag’ dori-darmon, yegulik, transport va himoya vositalari uchun sarflanmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG