Breaking News

Mosulda kundalik hayot

Iroqning Mosul shahri uchun janglar og'ir, sekin kechayapti. Ham askarlar uchun, ham tinch aholi uchun.

Iroq armiyasi o'tgan yilning oktabrida shaharni "Islomiy davlat" to'dasidan qaytarib olish uchun jangga kirishgan edi.

Jangarilar shaharni o'zining qarorgohi deb biladi va uni boy bermaslik uchun jon-jahdi bilan qarshilik qilayapti. Armiya raketalar, suiqasd xurujlari, snayperlar hamlalari, dronlar hujumlari bilan yuzlashmoqda.

Harbiylar Mosulning sharqiy qismini ozod qilib bo'lib, endi g'arbiy hududlarga diqqat qaratayapti. Xo'sh, "Islomiy davlat" guruhi haydab solinganidan keyin shaharning holi nima kechadi? Uni kim boshqaradi? Mazhablararo ziddiyatni qanday yechish mumkin?

"Amerika Ovozi" Kurd xizmatidan Kawa Omar Mosul sharqida quyidagi suratlarni yo'lladi.


Ko'proq...

XS
SM
MD
LG