Breaking News

Turkiyada zilzilani yoritayotgan matbuot cheklovlardan nolimoqda


Polat, Turkiya, 12-fevral, 2023
Polat, Turkiya, 12-fevral, 2023

Turkiyada oy oshida yuz bergan zilzilani yoritayotgan jurnalistlar bosim va tazyiqlardan shikoyat qilmoqda. Ayrimlari ishdan chetlatilgan va hibsga olingan.

Turkiya va Suriyani qaqshatgan ofatda 41 mingdan oshiq odam halok bo'lgan.

Nyu-Yorkdan Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi qayd etishicha, kamida to'rt muxbir qamoqqa olingan, yana uch nafari politsiya tomonidan so'roq qilingan va olti nafaridan ishlamasligi talab qilingan va to'siqlar bilan yuzlashgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi faollikka qarshi choralar ham ko'rilgani ma'lum.

"Amerika Ovozi" bu borada surishtirganida, Turkiya hukumatining tegishli idoralari erkinlik ta'minlanmoqda, degan mazmunda javob berdi.

“Hammasi joyida. 50 dan ortiq mamlakatdan kelgan jurnalistlar ishlashmoqda, hech qanday to'siqlarsiz, ularning soni mingdan ziyod", - deyiladi rasmiy javobda.

Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi esa ayrim axborot vositalarining xodimlari nafrat va ziddiyat urug'ini sochayotganlikda ayblanib, izza qilinmoqda va soxta axborot berganlikda qoralanmoqda.

Bu jurnalistlar, deya ta'kidlaydi qo'mita, hukumatni tanqid qilgani uchun nishonga olinmoqda, ya'ni uning siyosatini savolga tutgani uchun.

Prezident Rajab Toyib Erdog'an deydiki, uning boshqaruvi zilzila oqibatlariga nisbatan munosib javob bermoqda va qattiq ishlamoqda.

Turkiya rahbari Rajab Toyyip Erdog'an Kahramanmaras shahrida zilzila jabrgiydalari bilan uchrashmoqda, 8-fevral, 2023
Turkiya rahbari Rajab Toyyip Erdog'an Kahramanmaras shahrida zilzila jabrgiydalari bilan uchrashmoqda, 8-fevral, 2023

Parijda asoslangan "Chegara bilmas muxbirlar" tashkiloti ham telekanallar va axborot agentliklari ishiga rasmiy aralashuv tez-tez kuzatilmoqda, deya xavotir bildirgan.

Muxbirlarning erkin faoliyatiga oddiy fuqarolar ham halal berayotgani qayd etilmoqda, shuningdek, mahalliy mutasaddilar va bizneslar.

“Shu darajada to'siqlar qo'yishyaptiki, toqat qilib bo'lmaydi, - deydi turk jurnalistlaridan biri. - Har qanday tanqidga jinoyatdek qaralmoqda va buning uchun jurnalistlarga tahdid qilinmoqda. Vaholanki, media erkinligi deganda uning ishiga umuman aralashmaslik tushuniladi".

Xalqaro tashkilotlar Turkiya hukumatiga global me'yor va talablarni eslatmoqda.

Antakya, Turkiya, 16-fevral, 2023
Antakya, Turkiya, 16-fevral, 2023

Mahalliy matbuotchilar uyushmasi rahbari Mujahit Jeylan deydiki, eng og'ir sharoitlarda ishlayotgan muxbirlar va tasvirchilar ruxsat ololmay sarson.

Jeylan AQShning "Associated Press" axborot agentligiga ishlaydi. U ayrim hududlarda, jumladan Pazarjık va Gaziantepda muammo bilan yuzlashmagan, ammo Diyorbakirda to'siqlarga duch kelgan.

Akkreditatsiya qisqa vaqtga berilmoqda va har qadamda ko'rsatishingiz kerak, deydi muxbir.

“Vayronalarni tasvirga olishga yo'l berishmayapti, vaholanki, bizning ishimiz haqiqatni ko'rsatish".

Hukumat cheklov yo'q desa-da, zilziladan qaqshagan hududlarda mutasaddilar matbuot ustidan nazoratni kuchaytirgan.

"Twitter" ga kirish qiyinlashgan, bu esa yordam berish ishlarini susaytirgan, deydi g'arblik ekspertlar.

Ayrim mutaxassislarning tahlili turk axborot vositalarida senzura qilingani, tabiiy ofat oqibatlari haqidagi gaplari ataylab o'zgartirilgani haqida ham shikoyatlar ko'p.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG