Breaking News

Shavkat Mirziyoyev davrida islohotlarga umid qilish mumkinmi?


O'zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev (chapda) Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedov bilan, Toshkent, 3-sentabr, 2016-yil.
O'zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev (chapda) Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedov bilan, Toshkent, 3-sentabr, 2016-yil.

O'zbekistonda 4-dekabr kuni prezidentlik saylovlari bo'lib o'tadi. Unda to'rt partiya tomonidan ko'rsatilgan nomzodlar bellashadi, ammo amalda saylovning haqqoniy o'tishiga ishonch yo'q. Oliy Majlis tomonidan vaqtincha prezidentlikka tayinlangan Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev g'olib chiqishi kutilyapti.

Mamlakat qanday o'zgarishlar bo'sag'asida turibdi? Shavkat Mirziyoyev qanday siyosat olib boradi? "Amerika Ovozi" AQShda istiqomat qiluvchi o'zbekistonlik huquq faoli Mirrahmat Mo'minovga shu savollar bilan murojaat qildi.

Uning aytishicha, Islom Karimovning 25 yillik hukmronligi davrida hech qanday islohotlar o'tlkazilmadi va navbatdagi saylovlar ham u ishlab chiqqan qoidalar asosida o'tkaziladi.

Partiyalar ko'rsatayotgan nomzodlar ham, saylov jarayoni ham Karimov o'rnatib ketgan tartib-qoidadan chetga chiqa olmaydi, deydi u.

"Mo'jiza yuz berib Ketmonov yoki boshqasi saylanib qolsa ham, ular men bu vazifani bajara olmayman, deb vazifasini Mirziyoyevga bo'shatib beradi. Buni Senat raisi misolida ko'rdik", - deydi Mirrahmat Mo'minov.

Karimov davrida shunday tafakkur shakllandiki, hukumat dunyo ko'ziga mamlakatni demokratik qilib ko'rsatishga urindi; shu bois nomiga bo'lsa ham, saylov o'tkaziladi, deydi faol.

Shavkat Mirziyoyev prezident etib saylangandan keyin O'zbekistonda islohotlar bo'lishi ehtimoli qanchalik mavjud?

"Bu odamni yaqindan tanigan odamlar o'z fikrini bildirib turibdi. Mening fikrim shundayki, insoniylik faktorini unutmaslik kerak, - deydi Mo'minov. - Bu odam har qanday zulm davrida faoliyat yuritgan inson bo'lsa ham, u boshqa odam. Shu tamoyildan kelib chiqib, O'zbekiston xalqiga manfaatli bo'ladigan ishlarni amalga oshirishini umid qilib turibmiz. Mirziyoyev zolim hokim bo'lgan, yana shuni davom ettiradi, deb ko'pchilik aytyapti. Lekin oldindan bir narsa deyish qiyinligini e'tibordan soqit qilmagan holda, o'zining hokimiyatini mustahkamlab olganidan keyin qandaydir islohotlarni amalda oshiradi, deb ishonaman".

To'liq suhbatni quyida tinglang:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG