Breaking News

Musulmonlar orasida internet orqali tanishish ommalashmoqda


Internet orqali tanishayotgan musulmonlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:44 0:00

Ko'plab amerikalik musulmonlar madaniy tafovutlar bois o'zlariga munosib qalliq topishga qiynaladi. Ammo buning ham yechimi borga o'xshaydi. Amerikalik yosh oila bir-birini "halol uchrashuv" deya atalayotgan internet xizmati orqali topgan.

Filza Satti va Ubayd Akram turmush qurganiga bir yildan oshdi. Ular bir-birini musulmonlarning onlayn tanishuv sayti orqali topgan.

"Ikki yil oldin oila qurishga yordamlashuvchi saytga yozilgan edim. U yerda kelib chiqishi turlicha odamlarni uchratasiz", - deydi Filza.

"Biz ikki marta uchrashdik, keyin aloqa uzilib qoldi. 2015-yil qayta uchrashdik", - deydi Ubayd.

Halol uchrashuv saytlarida musulmon erkak va ayollar turmush qurish niyati bilan tanishadi. To'ylarigacha ham faqat jamoat joylarida, do'stlari davrasida uchrashadi. Ota-onalarining roziligi ham olinishi kerak.

"Bu ko'proq madaniyatimizdan, qattiq nazorat qilishadi. Lekin dinimiz bunga erkinroq qaraydi", - deydi Filza.

Moliya sohasida ishlovchi Ubayd Akram an'anaviy yo'l bilan oila qurish tarafdori ekanini, lekin internet orqali qidirish ko'proq amaliy va oson ekanini aytadi.

"Musulmonlar uchun halol tanishuv navbatdagi katta voqea bo'ladi, chunki u bizga kerak", - deydi u.

Ammo turmush qurish uchun eski usullarga tayanadiganlar hanuz ko'p. Texasda yashovchi Huma Qurayshiy 16 yildan beri uylanmoqchi bo'lganlarga nomzod topish bilan shug'ullanadi.

"Onlayn tanishuv ishimizga ta'sir qildi. Chunki saytga kirib, arzimas pulga profil yaratish oson. Bizning ishimizda ham yigitlar va qizlar uchrashishi mumkin, lekin oldin oilalar gaplashadi. Halol yo'l bilan uchrashish ajoyib narsa, chunki siz yoshsiz, qarama-qarshi jinsga qiziqishingiz bor", - deydi u.

Islomiy tanishuv saytlari endi-endi ommalashmoqda. Filza va Ubayd kabi musulmonlar bu ishning kelajagi porloq bo'lishiga ishonadi. Chunki turmush qurmoqchi bo'lgan tomonlar oldindan bir-birlarini tanib o'rgansa, oila buzilishi kabi noxush holatlar kamayadi, deydi ular.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG