Breaking News

Los-Anjelesda musulmon va yahudiylar aloqani mustahkamlamoqda


Los-Anjelesdagi yahudiy va musulmonlarning "Yangi poydevor" tashkilotida o'tgan tadbirdan
Los-Anjelesdagi yahudiy va musulmonlarning "Yangi poydevor" tashkilotida o'tgan tadbirdan
Los-Anjelesda yahudiy va musulmonlar o’rtasida o’zaro do’stlikni targ’ib etuvchi “Yangi poydevor” deya ataluvchi tashkilot tuzildi. Har ikki e’tiqod vakillari birgalikda turli madaniy tadbirlar o’tkazmoqda.

Musulmon va yahudiylar do'stligi, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:43 0:00
Yuklab oling

Ana shunday yig'inlardan birida musulmon neyroxirurg yetim qolganida, yahudiy oilasi uni boqib olganini aytadi. Ular meni e’tiqodimdan ayirishmadi, deydi u.

Yahudiy ayol esa Sharqiy Yevropadagi xolokostdan omon qolgan ota-bobolari xotirasidan hikoya qiladi.

San’at ko’rgazmasi har ikki din vakillariga bir-biriga yangicha ko’z bilan qarashga imkon bermoqda.

Tanzila Ahmadning oilasi Bangladeshdan kelgan. “Yangi poydevor” tashkilotida Los-Anjelesning rang-barang hayotini ko’rasiz, deydi u.

“Bu har xil jamiyatlarning turli-tuman qarashlari va hikoyalarini o’zida mujassam etgan kaleydoskopga o’xshaydi. U bilan butun bir jamiyatni aniq bir maqsad sari yo’naltirish mumkin”, - deydi Tanzila Ahmad.

Edina Lekovichning aytishicha, Isroil-Falastin mojarosi Los-Anjelesgacha kelib, yahudiy va musulmon guruhlari o’rtasiga nizo solishi mumkin. “Yangi poydevor” tashkiloti asoschilaridan biri bo’lgan bu ayol “maqsadimiz ana shu ixtilofning oldini olish” deydi.

“Ular bir-biri bilan qanday aloqa qilishni biladi. Munosabatlari samimiy. Okean ortidagi mojarolar sabab aloqalar buzilishini istashmaydi. Aksincha, ko’proq Los-Anjelesda nima bo’layotganiga e’tibor qaratishadi”, - deydi yahudiy faoli.

Islom tarixiga oid yaqinda bo’lib o’tgan suhbat doirasida “Yangi poydevor” a’zolari o’zaro qizg’in muloqotga kirishdi. Bunday suhbatlar yil bo’yi davom etadi. Yahudiy va nasorolarni bir joyga jamlaydigan tashkilotlar ko’p, lekin yahudiy va musulmon uyushmalari deyarli yo’q, deydi tashkilot ijrochi direktori Sara Basin.

“Bunday muloqotlar juda kam. Yahudiy va nasorolar bir stol atrofida o’tirib qanday ishlashni so’nggi 50-60 yil davomida, ayniqsa, xolokostdan keyin yaxshi o’zlashtirib oldi. Ammo, musulmonlar bilan bu ish yo’lga qo’yilmagan”, - deydi u.

Aktyor Amir Abdullohning aytishicha, bu guruhlar o’rtasidagi tafovutlar yo’qolmaydi.

“Musulmon va yahudiylar hamma narsada hamfikr bo’lolmaydi. Hatto musulmonlarning aksariyati bir-biri bilan barcha masalalarda yakdil emas. Agar biz shu narsani ular bilan baham ko’rsak, nimalarni his qilayotganimizni aytsak, kamida bir-birimizni tushunishimiz mumkin. Bu juda muhim”, - deydi u.

Ishtirokchilar bunday muloqotning boshqa shaharlarda ham davom etishini istaydi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG