Breaking News

NASA Yerga yaqin sayyoralarni kashf qilishga tayyor


Massachusets Texnologiya Instituti olimlari NASA, AQSh Fazoviy tadqiqotlar agentligi missiyalarini amalga oshirish yo'lida birga ish boshlagan. Ular yangi sayyoralarni kashf qiladigan TESS - kosmik teleskopini sinashga tayyor.

Fazoviy muhandislar NASA, AQSh Fazoviy tadqiqotlar agentligiga olib kelingan TESS - kosmik teleskopini tajribadan o’tkazish arafasida.

Yangi teleskop missiyasi Yer kurrasi Quyosh atrofida aylangani kabi yirik yulduzlar atrofida aylanayotgan sayyoralarni topish va ularda hayot belgilarini aniqlash.

TESS teleskopi yulduzlar yog’dusiga soya solayotgan jismlarni kuzatish orqali yangi sayyoralar mavjudligini aniqlashi kutiladi.

“Bu teleskop deyarli butun koinotni keza oladi. Minglab yulduzlarlar atrofida aylanayotgan millionlab sayyoralarni aniqlaydi”, - deydi loyiha rahbarlaridan biri Sara Siger.

Teleskop koinotni sektorlarga bo’lib, har bir qatlamda 27 kun sarflaydi. So’ng navbatdagi sektorga yo’naladi.

“Tadqiqotni uddalay olsak koinotning 85 foizini qamrab olgan bo’lamiz”, - deydi olimlardan biri Padi Boyd.

TESS teleskopi Kepler missiyasini davom ettirishi kerak. 2009-yilda samoga uchirilgan Kepler teleskopining yonilg’isi tugash arafasida.

Kepler teleskopi 2600 ekzoplanetalarni kashf qilgan, lekin bu sayyoralar tadqiqot uchun juda olisda. TESS teleskopi Quyosh sistemasidagi yaqinroq va yorqinroq sayyoralarni ikki yil ichida kashf qilishi ko’zlanadi.

“TESS topgan sayyoralarning massasini o’lchash, atmosferada bug’lanish yoki hayot belgilari bor yo’qligini kuzatish imkonini beradi”,- deydi Sara Siger.

“TESS teleskopining missiyasi borib tadqiqot o’tkazsa bo’ladigan yangi sayyoralarni topishdan iborat”, - deydi Padi Boyd.

Fazoviy olimlar yangi kashf qilinayotgan sayyoralarni bastafsil o’rganishga shay.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG