Breaking News

Ispaniyadagi sammitda 50 davlat rahbari Ukrainaga yordam va'da qildi


Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak bilan gaplashdi, Granada, Ispaniya, 5-oktabr, 2023
Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak bilan gaplashdi, Granada, Ispaniya, 5-oktabr, 2023

Qariyb 50 davlat rahbari Ukrainaga yordam berishga so'z berdi. Ukraina prezidentiga ko'ra, siyosiy quvvatlov harbiy madaddan darakdir.

Prezident Volodimir Zelenskiy G'arbda uning mamlakatiga ko'mak masalasi dolzarb ekanini biladi. Shu bois ham u Granadada yig'ilgan arboblardan minnatdor ekanini bildirdi.

"Yevropa kuchini bor bermasligi kerak", - deydi Zelenskiy. Kiyev undan mudofaa tizimlari, qurol-aslaha, dronlar va boshqa vositalar kutmoqda.

Zelenskiy deydiki, Ukrainada kim ustun kelishi Yevropa taqdirini hal qiladi. U bilan hamfikr Fransiya rahbari Emmanuel Makron so'zariga ko'ra, AQSh quvvatlovi kamayib-ozayishidan qat'i nazar, Yevropa birlamchi madadkor bo'lishi lozim.

"Amerikadek sherigimiz bor, bu baxtimiz. Ammo biz o'zimiz ham mutlaq yordamchi bo'lib qolishimiz zarur, chunki urush bizning hududimizda", - deydi Makron.

Yevropa Ittifoqoi Tashqi ishlar vaziri Josep Borrell deydiki, blok ko'makni ozaytirmasligi kerak, "ammo AQSh o'rnini hech kim bosa olmaydi".

Yevropa Siyosiy maslahati ishtirokchilari Ispaniya qiroli Felip VI va malikasi Letitsiya bilan suratga tushdi, Granada, 5-oktabr, 2023
Yevropa Siyosiy maslahati ishtirokchilari Ispaniya qiroli Felip VI va malikasi Letitsiya bilan suratga tushdi, Granada, 5-oktabr, 2023

AQSh Kongressi ayni damda Ukrainaga yordam borasida kelisha olmayapti. Oq uy qonunchilarni ko'proq mablag' ajratishga ko'ndirishga urinmoqda.

Prezident Jo Bayden dunyo rahbarlari bilan muloqotda Amerika Ukrainaga tayanch bo'lib qolishini aytmoqda.

Yevropa bo'ylab ham Kiyevga madadni kamaytirish kerak, deya undayotganlar bor.

Slovakiya va Vengriyada Ukrainani shartsiz quvvatlash noto'g'ri deganlarning reytingi ko'tarilgan.

Yevropa Ittifoqining 27 a'zosining bari har qanday qarorni birdek ma'qullashi kerak.

"Yevropa birdam bo'lishi shart va hozirgi birdamlikni asrashimiz lozim", - deydi Zelenskiy.

Granada sammitida Ispaniya harbiy yordam paketi uzatayotganini e'lon qildi.

Germaniya kansleri Olaf Sholts deydiki, Berlin yana bir "Patriot" havo mudofaa tizimi yuboradi.

Zelenskiy nazarida Vladimir Putin Yevropani bo'laman deb qattiq adashdi.

Rossiya, deydi u, hamon yolg'on va uydirma tarqatish bilan ovora.

Sammit kechayotgan paytda, xususan Ispaniya qirolligi mehmonlarga shohona ziyofat berayotgan damlarda Rossiya hujumidan Ukraina sharqida 21 fuqaro o'lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG