Breaking News

Shimoliy Koreya janubiy qo’shnisiga qarshi qurol ishlatishga tayyor


Janubiy Koreya chegarani buzsa, Shimoliy Koreya qurol ishlatishga tayyor. Kommunistik davlat bugun shunday bayonot bilan chiqqan.

AQSh prezidenti Barak Obama harbiylar va yaqin maslahatchilari bilan Koreya yarim orolidagi tarang vaziyatni muhokama qilmoqda.

Xalqaro tergov xulosasiga ko’ra, mart oyida Shimoliy Koreya qo’shnisiga qarashli kemaga hujum qilib, uni cho’ktirgan, 46 dengizchini o’ldirgan.

Aloqalar keskinlashar ekan, Janubiy Koreya shimol bilan savdo rishtalarini uzib, kommunistik davlat kemalari uchun dengiz sarhadlarini yopmoqda. Qo’shma Shtatlar Seulni qo’llab-quvvatlashini aytgan.

“Shimoliy Koreya agressiv hatti-harakatlarni bas qilishi kerak”, - deydi Oq Uy matbuot kotibi Robert Gibbs. Davlat kotibasi Xillari Klinton ertaga Janubiy Koreyaga borib, prezident Li Myun Bak bilan gaplashib olishi kutilmoqda.

Pentagonning bildirishicha, AQSh va Janubiy Koreya tez orada qo’shma harbiy mashqlar o’tkazadi.

Shimoliy Koreya nazarida esa Janubiy Koreyadan yog’ilayotgan ayblovlar – uydirma.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun fikricha Pxenyan qora ishlar qilganini tasdiqlovchi dalil yetarli va Xavfsizlik Kengashi chora ko’radi.

Shimoliy Koreya 2006 va 2009 yillarda yadro sinovlari o’tkazgan va BMT sanksiyasi bilan jazolangan edi.

Pan Gi Munning aytishicha, sanksiyadan maqsad Shimoliy Koreyani muzokara stoliga qaytarish, yadroviy izlanishlarni to’xtatishga ko’ndirish.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG