Breaking News

Obama Kongress bilan murosa qilishga tayyor


Yangi qonunga imzo chekishga tayyorman, deydi Obama
Yangi qonunga imzo chekishga tayyorman, deydi Obama
6-noyabr kuni prezidentlikka qayta saylangan Barak Obama kelasi hafta Oq Uyga Kongress yetakchilarini taklif qilib, mamlakat byudjeti va moliyaviy kelajak xususida muzokara boshlaydi.

Murosaga erishilmasa, soliqlar kelasi yildan avtomatik ravishda hamma uchun oshadi va xarajatlar, jumladan mudofaa byudjeti kesiladi. 600 milliard dollarlik qisqartirishlar haqida gap ketmoqda.

Iqtisodiy siyosat ish o'rinlari yaratish va o'sishni ko'zlashi lozim, deydi prezident.

Amerika ko'rpaga qarab oyoq uzatishi kerak, deydi Obama, ammo xalq manfaatini ko'zlovchi dasturlar bekor qilinmaydi. Bu bilan prezident ijtimoiy himoyani nazarda tutmoqda. Respublikachilar ularni pasaytirish zarur deb keladi.

Obama yillik daromadi 250 ming dollardan oshadigan amerikaliklarga ko'proq soliq solmoqchi. Respublikachilar bunga qarshi.

Jorj Bush davrida boylarga soliqlar pasaytirilgan edi. Bu qonun muddati bu yil oxirida tugaydi. Davlat bu borada yangi bir qarorga kelishi lozim.

Respublikachilar yetakchisi, Vakillar Palatasi spikeri Jon Beyner prezident Obama bilan kelishishga shay ekanini aytmoqda.

"2013-yilda Amerika iqtisodiyoti kuchayishi shart", - deydi u.

Lekin respublikachilar nafaqa va sog'liqni saqlash bobida keskin o'zgarishlar qilishni talab qilmoqda. Obama boshlagan islohotlar, ular nazarida, iqtisodiy farovonlikni ta'minlamaydi.

AQSh uchun byudjetdagi kamomad eng asosiy muammo. Federal qarz 16 trillion dollardan oshgan.

Obama g'olib, Romni mag'lub/Obama's victory, Romney's concession
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:27 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG