AQSh rahbari Barak Obama uchun joriy yil tushkun bir nuqtada yakunlanmoqda. Ijtimoiy so’rov natijalariga ko’ra, uning reytingi har qachongidan pasaygan. Prezidentlikning ikkinchi muddatida jiddiy siyosiy muammolar bilan yuzlashgan faqat Obama emas.
U Janubiy Afrika sobiq rahbari Nelson Mandelaning dafn marosimiga borib, uydagi muammolarini unutganday bo’ldi. Uni yulduz misoli kutib olishdi.
“Mandeladan o’rnak olishga, komil odam bo’lishga intilib yashayman. Mendagi eng yaxshi hislatlarni uyg’otgan - shu inson”, - dedi Obama.
Xorijda prezidentning obro’si baland. Vatanda esa reytingi har qachongidan ham past. Prezident joriy etgan yangi tibbiy sug’urta tizimi xom ekani Obamaning nomiga dog’ tushirdi.
Muxolif respublikachilar fursatdan foydalanib, uni nishonga olmoqda. Vakillar palatasi spikeri Jon Beyner:
“Prezidentning sog’liq sug’urtasi oilalarni xonavayron qildi. Kichik bizneslar, iqtisodiyotga ziyon qildi. Vebsayti ham, tizimning o’zi ham chirik”.
Bu muammolar Obamaga bo’lgan ishonchni yemirdi, deydi tahlilchi Jon Fortiyer:
“Oxirgi uch-to’rt haftada, ayniqsa, xalq prezidentdan ranjidi. Bugun faqat 40 foiz aholi uni qo’llab-quvvatlamoqda. Yaxshi ko’rsatkich emas bu. Jorj Bush ikkinchi muhlatida taxminan shunday baho olgan edi”.
Barak Obama ikkinchi muddatida qiynalib qolgani tasodif emas, deydi tahlilchi Rouds Kuk:
“Prezident ma’muriyatida ba’zida toliqish paydo bo’ladi. Saylovchi ham o’sha-o’sha chehralardan charchab, yangi odamlar kelishini xohlaydi. Yangi rahbariyat kelishiga ruhan tayyor bo’lib boradi”.
Obama siyosiy jangdan horigani kelasi noyabr Kongressga saylovlarda demokratlarga pand berishi mumkin, deydi ekspert Styuart Rozenberg:
“Saylov paytida prezidentning reytingi hal qiluvchi rol o’ynaydi. Rahbarga munosabat salbiy bo’lsa, demak, uning partiyasi saylovda buning jabrini tortadi”.
Lekin Obama oldindan pishiq siyosatchi ekanini namoyish etgan, deydi Rouds Kuk:
“Obama kabi ham so’zamol, ham tarixda yangi sahifa ochgan rahbarlar doim e’tibor markazida bo’lib qoladi. Unga qo’l siltab, unutmoqchi bo’lib turganingizda biror kutilmagan va muhim yutuq bilan yana og’izga tushadi”.
Jon Fortiyer ikkinchi muhlatda qaddini rostlagan ikki prezidentni misol qiladi:
“Prezidentlar Ronald Reygan va Bill Klinton ikkinchi muddatida ancha sinovlar, tanqidlar bilan yuzlashdi. Lekin salmoqli yutuqlar bilan silliqlab ketdi”.
Reygan va Klinton ishdan ketayotib xalqdan tahsinlar eshitdi. Lekin Jorj Bushni xizmatdan dashnom bilan kuzatishdi. Uning reytingi faqat oxirgi bir-bir yarim yilda nisbatan yaxshilana boshladi.