Breaking News

Obamaning tibbiy sug'urta dasturi pand bermoqda


Tibbiy sug'urta mashmashasi - Obamacare problems
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:40 0:00

Tibbiy sug'urta mashmashasi - Obamacare problems

Prezident Obama tashabbusi bilan qabul qilingan sog’liqni saqlash sohasidagi yangi qonunning tatbiq etilishi texnik nosozliklar tufayli juda sekin kechmoqda. Hukumat bu murakkab tizimni bir oy ichida tuzatamiz deb va’da bergan. Bundan tashqari, millionlab sog’lom fuqaro sug’urtasidan ayrilib, yangisini qimmatroq narxda sotib olishga majbur.

Obamaning tibbiy sug’urta dasturi pand bermoqda/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:10 0:00
Yuklab oling

26 yoshli Endryu Leonard kompyuter texnologiyalari sohasida ishlaydi. “Obamacare” nomi ostida tanilgan yangi qonunning kuchga kirishi oqibatida tibbiy sug’urtasiz qoldi. Yangisi uchun uch baravar ko’proq pul to’lashim kerak, deydi yigit. Bu pul evaziga oladigani qo’shimcha xizmat – farzandlari uchun sug’urta.

“Lekin mening hozir farzandlarim yo’q. Bir kun oilali bo’lsam, o’shanda ularga alohida olarman. Nimaga hozir o’zgartirishim kerak, tushunmayapman?”

Yangi shart-talablar bois 3 milliondan ziyod amerikalik ana shunday ahvolda. Vaholanki, prezident Obama qayta saylanayotganida “agar sug’urtangiz sizga ma’qul bo’lsa, o’zgartirishga hojat yoq” deb va’da qilgan edi.

Vashingtondagi Brukings tadqiqot institutida tibbiy islohotlar bo’yicha mutaxassis Kavita Patel deydiki, “Obamacare” qonuniga ko’ra, farzandlimi yoki yo’q, ayol va erkaklar ayni to’lov uchun bir xil sug’urtaga egaligi ta’minlanadi.

“Ayol bo’lganingiz uchungina endi ko’proq to’lashga majbur emassiz. Ilgari bunday hollar ko’p uchragan. Yangi tizim butun mamlakatni qamrab oladi, ayollar va erkaklarga teng xizmatlar ko’rsatiladi. Lekin xarajatlarni ham birgalikda ko’tarishimiz kerak bo’ladi,” - deydi u.

Doktor Patelning tushuntirishicha, buning oqibatida sug’urta sotib olish ozmuncha qimmatlashishi tayin. Yoshlarning aksariyati davlatdan subsidiya olishga haqli.

Respublikachi Senator Lamar Aleksander singari tanqidchilar fikricha, qonun nihoyatda murakkab va tizim hukumat nazoratida.

“Qonun tibbiy sistemani noto’g’ri tarafga o’zgartirmoqda. To’lovlar oshadi, ayrim tibbiy sug’urtalar bekor qilinyapti, odamlarning shifokorlar bilan munosabatlari o’zgaradi, soliqlar oshadi”.

Endryu Leonard agar arzonroq sug’urta topa olmasa, hech qaysi birini sotib olmay jarima to’lashga tayyor.

“Imkoniyatlarni hali yaxshilab o’rganib ko’rmadim. Lekin agar sug’urta olmaslik arzonroqqa tushsa, doktorlarga bormay qo’ya qolaman. Kasal bo’lib qolsam uyda davolanib, sug’urta arzonlashishini kutishga to’g’ri keladi,” - deydi u.

Tizimdagi texnik nosozliklar davom etaversa va Endryu kabi yosh, sog’lom amerikaliklar sug’urtasidan voz kechsa, butun qonun xavf ostida.

“Bu muammolar juda tashvishlanarli. Chunki odamlar hamma uchun teng va adolatli tibbiy sug’urta shunchaki quruq gap ekan, degan xulosaga keladi,” - deydi doktor Kavita Patel.

Muammolar hal qilinsa va ko’proq fuqaro sug’urtali bo’lsa, narxlari asta-sekin barqarorlashishi kerak, deydi u.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG