Breaking News

AQShda prezidentni qo'llab-quvvatlayotganlar 43 foiz


AQShda prezidentni qo'llab-quvvatlayotganlar 43 foiz
AQShda prezidentni qo'llab-quvvatlayotganlar 43 foiz

Amerikaliklardan kelajak haqida so’rasangiz, “hozirgi siyosatchilar mamlakatni jar yoqasiga olib boradi” degan javob olasiz.

Ommaviy so’rov natijalari xalq pessimistik kayfiyatda ekanini ko’rsatmoqda. Amerikaliklarning 57 foizi Obama iqtisodiyotni eplay olmayapti degan fikrda.

Gallup tashkiloti olib borgan so'rovlarda, fuqarolarning 43 foizigina Obama xizmatidan rozi ekanini aytgan.

“Unga kelasi yili yana ovoz berasizmi?” degan savolga ko'pchilik “yo’q” deb javob bergan.

Kaliforniya
Kaliforniya

Lekin bugungi iqtisodiy muammolarda ko’pchilik oldingi prezident Jorj Bushni ayblaydi.

Ularni hal etishda kimga ko’proq ishonasiz deb so’rasangiz, odamlar respublikachilarni emas, Obamani ko’rsatadi.

Siyosatshunos Piter Braun deydiki, kelasi yilgi prezident saylovlari amaldagi rahbar ustidan referendum bo'ladi.

Texas
Texas

“Obamani yoqlovchilar hali ham ko’p, lekin ikkinchi muddat borasida fikrlar teng ikkiga bo’lingan”,- deydi Braun.

Saylov Amerikada kelasi yilning noyabrida bo’lib o’tadi. Respublikachilar partiyasidan 10 ga yaqin arbob targ’ibot ishlarini boshlab yuborgan.

Lekin reytinglarga qaraydigan bo’lsak, Barak Obama ulardan oldinda.

Ko'plab korxonalar oldida "Ish yo'q" degan yozuvlarni ko'rasiz
Ko'plab korxonalar oldida "Ish yo'q" degan yozuvlarni ko'rasiz

“Respublikachilarning yorqin yulduzi, Massachusets shtati sobiq gubernatori Mitt Romni Obamadan olti foiz orqada. Texas gubernatori Rik Perri, Kongress a’zosi Mishel Bakman va boshqa arboblar ham quyi pog’onada”, - deydi Piter Braun.

So’rovda o’zini respublikachi deb atagan fuqarolarning 25 foizi Mitt Romniga ovoz berishini aytmoqda, 14 foizi qonunchi Mishel Bakmanga. Qolgan nomzodlar 5-6 foiz tarafdorga ega.

O’nlab yillardan buyon jamoatchilik fikrini o’rganib kelayotgan olim Jon Zogbining qayd etishicha, shu yilning may oyida al-Qoida rahbari Osama bin Laden o’ldirilgach, prezident Obamaning reytingi oshgan edi.

“Oradan ikki oy o’tib, iqtisodiy tushkunlik bu tarixiy voqea ta’sirini yuvib ketdi. Hozir bu haqda hech kim eslamaydi. Ishsizlik, byudjet va moliya masalalari yana birinchi o’ringa chiqdi”, - deydi olim.

Ogayo shtatida mehnat yarmarkasi
Ogayo shtatida mehnat yarmarkasi

Barak Obama ikkinchi muddatni qo’lga kiritmoqchi bo’lsa, 2008 yilda bo’lgani kabi mustaqil saylovchilarni, qolaversa, afro-amerikaliklar, latinolar, yoshlarni o’ziga ergashtira olishi kerak.

“Kelasi yilgi saylovda raqobat kuchli bo’ladi” , - deydi Jon Zogbi.

AQShda saylovlar, ma’lumki, qimmat jarayon. O’tgan uch oy mobaynida Obamaning kampaniyasi 86 million dollar to’plagan. Respublikachi nomzodlar esa jami 35 million dollar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG