Breaking News

Norozilik namoyishlari davom etadi, deydi amerikaliklar


Norozilik namoyishlari davom etadi, deydi amerikaliklar
Norozilik namoyishlari davom etadi, deydi amerikaliklar

Ikki oydan buyon davom etayotgan norozilik namoyishlari bugun keskin tus oldi. Nyu-York moliyaviy markazi Uoll Stritda yuzlab odamlar politsiya bilan to'qnashgan.

Nyu-York birjasi va qimmatbaho qog'ozlar savdosi bilan mashg'ul kompaniyalarga zarar yetmagan.

Kechga borib minglab odamlar Bruklin ko'prigini egallab olgan. Zo'ravonlik hollari kuzatilgan.

Namoyishchilar xususiy sektorni, yirik biznes va korporatsiyalarni mamlakatni moliyaviy inqirozga yetaklaganlikda, keyin esa davlatdan yordam olib, qayta oyoqqa turib, daromadni xalq bilan bo’lishmaganlikda ayblaydi.

Mamlakatning moliyaviy “yuragi” hisoblangan Nyu-York birjasi Uoll Strit ko’chasida joylashgan. Hozir unga olib boradigan yo'llar yopiq.

Norozilik namoyishlari davom etadi, deydi amerikaliklar
Norozilik namoyishlari davom etadi, deydi amerikaliklar

Uoll Stritda ishlaydiganlar nazarida namoyishchilar noroziligi qisman asosli bo’lsa-da, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy muammolarida kapitalizmni ayblash noto’g’ri.

AQSh Markaziy Banki xodimi Bob Kostelyo fikricha:

“Ular Vashingtonga borib, Kongress binosi oldida namoyish uyushtirishi kerak. Kongress a’zolariga yirik kompaniyalarga yordamni to’xtating, deyishi kerak”.

Norozilik namoyishlari davom etadi, deydi amerikaliklar
Norozilik namoyishlari davom etadi, deydi amerikaliklar

Namoyish qatnashchisi Severin Dikson esa bu hali boshlanishi deydi. 17-sentabrda boshlangan namoyishlar hozirda butun Amerika bo'ylab tarqalgan.

Bugun poytaxt Vashingtonda ham minglab amerikaliklar katta ko'chalarni egallab oldi. Ular hukumatdan iqtisodiy islohotlarni tezlashtirishni, ishsizlikka qarshi chora ko'rib, respublikachi va demokratlardan siyosiy o'yinlarni bas qilishni va iqtisodiy imkoniyatlar yaratishni talab qilmoqda.

Vashingtondagi namoyishlarni tomosha qiling:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG