Breaking News

Namoyishlar moliya markazi Nyu-Yorkdan siyosat o'chog'i Vashingtonga yetib keldi


Namoyishlar moliya markazi Nyu-Yorkdan siyosat o'chog'i Vashingtonga yetib keldi
Namoyishlar moliya markazi Nyu-Yorkdan siyosat o'chog'i Vashingtonga yetib keldi

O'tgan oy Nyu-York yuragi, qimmatbaho qog'ozlar bozori joylashgan ko'cha Uoll Stritda boshlangan namoyishlar bugun poytaxt Vashington va boshqa yirik shaharlarni ham qamrab oldi.

Namoyishchilar - biznes sektoridagi nayrangbozlik va poytaxtdagi siyosiy o'yinlar, partiyabozlikdan to'ygan fuqarolar.

Namoyishchilar asosan yoshlar edi, endi ular orasida ko'plab nafaqaxo'rlarni ham ko'rasiz
Namoyishchilar asosan yoshlar edi, endi ular orasida ko'plab nafaqaxo'rlarni ham ko'rasiz

Ular yirik kompaniya va korporatsiyalarni AQSh iqtisodiyotini jar yoqasiga olib borganlikda, bankrot bo'lmaslik uchun davlatdan milliardlab dollar madad olib, daromadni xalq bilan bo'lishmayotganlikda ayblamoqda.

Minglab amerikaliklar Oq Uy va Kongress orasidagi kelishmovchiliklarni bas qilish kerak deya ko'chaga chiqqan.

Demokratlar va respublikachilar, hokimiyatdagi ikki partiya, tortishuvni chetga surib, xalq manfaatini o'ylasin, deydi ular.

Namoyishchilar asosan yoshlar edi, o'tgan kunlar ichida ularga nafaqaxo'rlar ham qo'shilgan.

Nyu-York
Nyu-York

Maydonlar va parklarda tunayotgan bu odamlar xorijdagi urushlarni yakunlab, diqqatni iqtisodni yaxshilashga qaratishni talab qilmoqda.

Hozirda butun boylik va siyosiy kuch xalqning 1 foizi qo'lida. Kapitalizmning ham chegarasi bo'lishi kerak, degan fikrlar yangraydi.

"99 foizi qanday kun ko'rsin? Ularning dardini kim tinglaydi?" degan hayqiriqlarni eshitasiz. Olomon ichida g'azabga to'lgan fuqarolarlar ham, o'z noroziligini musiqa yoki raqs bilan aks ettirayotganlar ham talaygina.

Namoyishchilarni kasaba uyushmalari quvvatlamoqda. Aholining 9 foizdan oshig'i ishsiz ekan, hukumat xususiy sektorga ko'rsatgan yordam bilan nega ish o'rinlari yaratilmayapti deya so'rayotganlar ko'p.

Uoll Strit (Wall Street) - Nyu-Yorkda qimmatbaho qog'ozlar bozori joylashgan ko'cha. Sarmoya va savdo sohasi haqida gap ketsa, mana shu yer nazarda tutiladi.
Uoll Strit (Wall Street) - Nyu-Yorkda qimmatbaho qog'ozlar bozori joylashgan ko'cha. Sarmoya va savdo sohasi haqida gap ketsa, mana shu yer nazarda tutiladi.

Bu singari ommaviy chiqishlar Los Anjeles, San Fransisko va Sietl shaharlarida ham kuzatilmoqda.

Politsiya tartibni buzganlikda ayblab, o'tgan hafta Nyu-Yorkda 700 dan ortiq odamni hibsga olgan va bir oz o'tib qo'yib yuborgan.

Ular asosan yo'l harakati qoidalarini buzgan, deydi rasmiylar.

Prezident Barak Obama odamlarni tushunishini aytadi.

"Odamlar iqtisodiy qiyinchiliklardan to'yib ketdi. Inqiroz uchun javobgar ko'plab bizneslar esa bugun ham islohotlarga to'sqinlik qilmoqda",- deydi u.

Xususiy sektor esa namoyishlarni yaqindan kuzatmoqda, ammo ularga munosabat har yerda har xil. Ko'p hollarda sarmoyadorlar va tadbirkorlar siyosatchilarni ayblaydi, siyosatchilar esa ularni.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG