Breaking News

Prezident Obama muxolifatdan izoh talab qilmoqda


Prezident Obama muxolifatdan izoh talab qilmoqda
Prezident Obama muxolifatdan izoh talab qilmoqda

Amerika prezidenti, demokrat Barak Obama ishsizlikni tugatish maqsadida 447 milliard dollarlik loyihani olg’a surib keladi.

Lekin Kongressdagi respublikachilar qarshi. Obama muxolifatga nima yoqmadi, asoslasin, demoqda.

Kecha Texas shtatida so’zlagan Barak Obama Vakillar Palatasida respublikachilar a’zosi, qattiq tanqidlar bilan chiqayotgan Erik Kantorni bahsga chaqirdi.

Aytish kerak, Texas shtati so’nggi saylovlarda republikachi arboblarga ovoz berib kelgan. Demokratlar bu shtatda latinolar soni oshib borayapti va ular Barak Obamani saylaydi, deb umidvor.

Erik Kantorning aytishicha, republikachilar Obamaning loyihasiga faqat qisman rozi. “Amerika rahbari hujjatni to’laligicha ma’qullang deb turib olishi adolatdan emas”, - deydi qonunchi.

Respublikachilar qarshiligi shuki, prezidentning tashabbusi asosan boylarni soliqqa tortish hisobiga amalga oshiriladi.

Shtatma-shtat safar qilayotgan Barak Obama “rejam ta’lim, quruvchilik kabi sohalarda 2 million ish o’rni yaratadi” deydi. Amerika aholisi aynan iqtisodiyot, mehnat bozoridagi vaziyat, 9 foizdan oshgan ishsizlikdan xavotirda.

Obama dushanba kungi intervyuda kelasi yilgi prezident saylovlari haqida so’zlab, o’zini favorit deb bilmasligini ta’kidladi. “Ekonomika xarob bir ahvolda ekani bois meni bo’shang raqib deb ko’rishmoqda”, - dedi prezident.

Ijtimoiy so’rov natijalariga ko’ra, ko’plar fikricha, 2012-yilda Obama yutqazib, respublikachi nomzod g’alaba qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG