Breaking News

Obama: Hozir eng dolzarb vazifa - ishsizlikka qarshi kurash


Obama: Hozir eng dolzarb vazifa - ishsizlikka qarshi kurash
Obama: Hozir eng dolzarb vazifa - ishsizlikka qarshi kurash

Barak Obama Kongress a'zolaridan ish o’rinlari yaratishni ko’zlagan qonun loyihasini tezroq ma’qullashni so’ramoqda. Prezident xalqqa qiladigan haftalik murojaatini shu masalaga bag’ishladi.

“447 milliard dollar so’raganmiz. Bu mablag’ ta’lim, politsiya va qurilish sohalariga sarflanadi. Ishchi va kichik bizneslar uchun soliqni kamaytiramiz”,- deydi Obama.

‘Muxolif partiya, respublikachilar, iqtisodni tiklash, soliqni pasaytirish va ishsizlikka qarshi kurash bobida yaxshiroq taklif bilan chiqsa, men murosaga tayyor”,- deydi demokrat prezident.

Obama boy sinf uchun soliqni oshirmoqchi. O’zini xususiy sektor himoyachisi deb biladigan respublikachilar bunga qarshi.

Respublikachilar o’z murojaatida Obamani kaltafahmlikda aybladi. Ishsizlikka qarshi kurashamiz deya, prezident bizneslarning daromadini pasaytirmoqchi. Bu esa ularni qisqarishga, odamlarni ishdan bo’shatishga majbur qiladi, deydi senator Jon Tyun.

Prezident Obama esa respublikachilarni ayyorlikda ayblab, inqiroz uchun javobgar yirik korporatsiya va sarmoya banklarining pulini yeb, respublikachilar xalq manfaatlarini unutgan, deydi u.

Bu Vashingtondagi, Amerika siyosatida hukmron ikki yirik partiya, demokratlar va respublikachilar, orasidagi azaliy bahs-tortishuv.

Demokratlar o’zini ishchi-mehnatkashlar himoyachisi deb atasa, respublikachilar o’zini bozor iqtisodiyoti, iqtisodiy erkinlik soqchisi deb biladi.

Obama ish o’rinlari yaratish uchun yangi dasturlar boshlamoqchi. Vakillar Palatasida ko’pchilik o’ringa ega respublikachilar esa diqqatni biznes sektorini quvvatlashga qaratish kerak, chunki ish o’rinlari aynan u yerda yaratiladi, deydi.

O'tgan oy Nyu-York yuragi, qimmatbaho qog'ozlar bozori joylashgan ko'cha Uoll Stritda boshlangan namoyishlar hozir poytaxt Vashington va boshqa yirik shaharlarga ham tarqalgan.

Namoyishchilar - biznes sektoridagi nayrangbozlik va poytaxtdagi siyosiy o'yinlar, partiyabozlikdan to'ygan fuqarolar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG