Sochi olimpiadasi mash'alasi Xalqaro fazo stansiyasiga olib ketildi. Uni "Soyuz" kosmik kemasiga birinchi bo'lib rus fazogiri Mixail Turin ko'tarib chiqdi.
Kema bortida, shuningdek, yaponiyalik fazo muhandisi Koichi Vakata hamda amerikalik astronavt Rik Mastrachio bor. Ular payshanba kuni ertalab Qozog'istondagi Baykonur aerodromidan samoga parvoz qildi.
Fazo markazida yashayotgan ikki rossiyalik fazogir mash'alani ko'tarib samoda sayr qilishi kutilmoqda. So'ng uni dushanba kuni yerga qayta olib tushishadi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan mash'alaning o'ti fazoga o'chirilgan holatda olib chiqiladi.
Olimpiya mash'alasi fazoga olib chiqildi
- Amerika Ovozi

5
The Soyuz TMA-11M spacecraft decorated with the 2014 Sochi Winter Olympic Games logo and a blue-and-white snowflake pattern, blasts off from the launch pad at the Baikonur cosmodrome, Nov. 7, 2013.