Breaking News

Rim papasi uyg’urlarni ta’qib ostidagi guruh deb atadi


Xitoyning Shinjon muxtoriyatida inson huquqlari keng tarzda poymol etilayotgani haqida xabarlar tarqalar ekan, Rim papasi Fransisk ilk bor uyg’urlarni ta’qib etilayotgan guruhlar qatorida tilga oldi.

“Ta’qib ostidagi xalqlar haqida ko’p o’ylayman: rohinja va bechora uyg’urlar; “Islomiy davlat” guruhi yazidiylarga nisbatan qilgan ishlari haqiqiy shafqatsizlik; Misr va Pokistonda nasroniylarning ibodat paytida bomba bilan o’ldirilishi”, deya yozasi Fransisk “Orzu qilaylik” nomli yangi kitobida.

BMT hisob-kibotiga ko’ra, bir million uyg’ur va boshqa musulmonlar Shinjondagi “ekstremizmga qarshi markazlar” deb ataluvchi joylarda saqlanmoqda. Yana millionlab odam konsentratsion lagerlarda.

Xitoyning bildirishicha, bu kabi lagerlar terrorizmga qarshi choradir
Xitoyning bildirishicha, bu kabi lagerlar terrorizmga qarshi choradir

AQSh Davlat departamenti hisobotlarida ikki milliongacha uyg’ur va Shinjonda yashovchi boshqa xalqlar “qayta tarbiyalash lagerlariga” tashlangani bayon qilingan. Ushbu lagerlarda bo’lganlar siyosiy indoktrinatsiya, jismoniy zo’ravonlik va sterilizatsiyaga yo’liqqanini aytadi.

Avvaliga bunday lagerlar borligini inkor etgan Xitoyning da’vo qilishicha esa ushbu “kasb-hunar markazlari” odamlarni terrorizmdan uzoqlashtirishga, ularni jamiyatga integratsiya qilishga yordam beradi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Jao Lijian Rim papasining so’zlarini “mutlaqo asossiz” deb atadi.

“Barcha etnik guruhlar yashash, rivojlanish va e’tiqod erkinligi huquqlaridan to’liq foydalanmoqda”, - dedi u matbuot anjumanida.

Kommunisktik partiya 1949-yilda hokimiyatni qo’lga kiritib, katolik ruhoniylarni hibsga olgan davrdan buyon Xitoy va Vatikan orasida rasmiy aloqalar uzilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG