Breaking News

Amerika matbuoti: Qur'on yoqilishining oldini olish mumkin edi


Bagrom bazasi oldida namoyishlar
Bagrom bazasi oldida namoyishlar

Amerikaning nufuzli gazetasi Nyu-York Taymsning (The New York Times) yoritishicha, Afg'onistonda o'tgan oy Qur'on yoqilishining oldini olish mumkin edi, ammo loqaydlik va mas'uliyatsizlik sabab Kobul yaqinidagi Bagrom harbiy bazasida noxush holat yuz bergan.

20-fevralda ro'y bergan voqea afg'on ahlini oyoqqa turg'azdi, musulmon ommani g'azabga keltirdi, Amerikaga nisbatan norozilikni kuchaytirdi. Mamlakat bo'ylab avj olgan namoyishlarda 30 kishi halok bo'ldi.

Tergov natijasida Qur'on yoqilishiga asosan olti kishi aloqador ekani aniqlangan. Besh amerikalik harbiy va ularning afg'on tarjimoni. Ularga xayfsan berilishi mumkin.

"The New York Times" fosh etishicha, Bagrom bazasining bir qismi bo'lgan qamoqxonada mahbuslar Qur'on orqali xat yozishmoqda degan xavotir paydo bo'lgan. Ikki tarjimondan kutubxonadagi kitoblarni ko'zdan kechirib, ichiga xat bitilganlarini topish so'ralgan. Tilmochlar xavfli ma'lumotlar yashiringan 1652 kitobni ajratib olgan. Ular orasida Qur'on va boshqa diniy adabiyotlar bo'lgan.

Voqeani ommani g'azabga to'ldirgan
Voqeani ommani g'azabga to'ldirgan
Harbiylarning tan olishicha, bu kitoblar yoqilmay alohida bir joyda saqlanishi kerak edi.

Afg'on Ulamo Kengashi ham masalani mustaqil ravishda o'rganib chiqib, shunday xulosa qildi.

Kengash a'zosi Mavlaviy Xoliq Dadning aytishicha, afg'on harbiylar qutilarga solib qo'yilgan bu kitoblarni ko'rib, xavotirga tushgan. Ular qo'mondonlarga buni aytgunicha va ular biror chora ko'rgunicha, kitoblar yoqib bo'lingan.

Amerikalik va afg'on tergovchilar deydiki, adabiyotlarni olovga olib borgan xorijlik askarlar arab tilini bilmagan, ular muqaddas ekanini anglamagan.

Besh amerikalik harbiy va bir tarjimon jazoga tortilishi mumkin
Besh amerikalik harbiy va bir tarjimon jazoga tortilishi mumkin
Mahalliy ishchi nima bo'layotganini ko'rib qichqira boshlagan va olovni o'chirib, kitoblarni asrab qolishga harakat qilgan.

"The New York Times" aniqlashicha, amerikalik harbiylar olovni o'chirgan, ammo ungacha to'rt kitob kulga aylangan.

AQSh prezidenti Barak Obama va qo'monqonlar afg'on xalqi va butun musulmon ahlidan kechirim so'radi.

Afg'on Ulamo Kengashi nazarida bu kechirib bo'lmaydigan jinoyat va javobgarlar omma ko'zi oldida jazolanishi shart. Bu organning yana bir talabi shuki, Amerika qo'lidagi barcha afg'on mahbuslarni mahalliy hukumatga topshirishi kerak. Vashington bunga javob bermagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG