Virjiniya janubi-g'arbida jonli efir paytida telejurnalist va operator otib o'ldirilgan.
24 yoshli jurnalist Alison Parker va 27 yoshli Adam Vord Roanouk shahrida ertalab soat 6.45 da mahalliy telestansiya (WDBJ7) uchun bir ayoldan intervyu olayotgan bo'lgan.
O'sha payt bir kishi ularning ustiga bostirib kirib, o't ochgan. Voqea jonli efir paytida, tomoshabinlar ko'z oldida ro'y bergan.
Rasmiylar gumonicha, hujumni 41 yoshli Vester Li Flanagan, telestansiyaning g'azabnok xodimi sodir etgan. Parker va Vard o'sha zahotiyoq jon bergan. Flanagan keyinroq o'zini otgan va kasalxonada o'lgan.
Intervyu berayotgan tadbirkor ayol Viki Gardner jarohatlangan.
Parker stansiyada amaliyot o’tab ishga yollangan. Jurnalist Jeyms Madison universitetini tamomlagan. Vord esa Virjiniya Tek universitetini bitirgan.
Roanouk Vashingtondan 375 kilometr narida joylashgan.
Hujum paytida olingan tasvirlar: