Breaking News

Deportatsiyadan himoyalash dasturlari birin-ketin tugatilmoqda


2001-yili Salvadordagi kuchli zilziladan so’ng Amerikada 260 mingdan ortiq salvadorlik istiqomat qiladi. Ular, 16 yildirki, vaqtinchalik himoya dasturi orqali deportatsiyadan saqlanib kelmoqda. AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi 2018-yil 8-yanvar kuni mazkur dastur tugatilishini e’lon qildi.

Vazirlik u yerda vaziyat yaxshilangani va avloddan-avlodga o’tgan 16 yillik integratsiyaga qaramasdan salvadorliklar uyiga qaytishi xavfsiz degan qarorga keldi. Vaqtinchalik himoya dasturi Gaiti, Nikaragua va Sudandan kelganlar uchun ham tugatilishi mumkin. Virjiniya shtatida kun ko’rayotgan salvadorlik oila bilan uchrashdik.

Xose Gerkules Amerikaga 15 yoshda kelgan.

“Yagona maqsad - ishlash uchun kelganman. O’qish haqidan o’ylamaganman ham. Faqat ish”, - deydi u.

Gerkules bir o’zi kelgan, hujjatsiz. Duch kelgan ishda ishlagan. Muayyan sabablarga ko’ra, vaq’tinchalik himoya dasturi orqali ishlash huquqini olgan muhojir. Ko’kalamlashtirish va bog’dorchilik bo’yicha o’z biznesini yo’lga qo’yib ro’zg’or tebratyapti. Farzandlari Amerikada tug’ilgan. Kattasi 12 yoshda.

Tramp ma’muriyati 2001-yildan buyon 260 mingdan ortiq salvadorlikka yashash va ishlash huquqini berib kelayotgan dastur 2019-yilning sentabrida tugatilishini e’lon qildi. Agar ishni qaytadan boshlashga to’g’ri kelsa, Gerkules yangi muammolar bo’lishi biladi.

“Salvadorda jinoyat ko’p, hayot og’ir. Amerikadagiday farovon, tinch yashab bo’lmaydi. Muhimi, bu yerda ish bor, ishlab oilamga yaxshiroq hayot bera olaman”, - deydi Gerkules.

Agar u Amerikada ishlash huquqini yo’qotsa, qayta tiklash uchun taxminan 7000 dollar davlat boji to’lashi kerak. Oilasi esa u bilan birga bo’lishni istaydi.

“Turmush o’rtog’im, farzandlarim qayerga borishidan qat’i nazar, birga boramiz. Ilojimiz yo’q, majburmiz”, - deydi Gerkulesning rafiqasi Sonya.

O’tgan yili may oyida vaqtinchalik himoya dasturidan foydalayotgan gaitiliklarlar taqdiri og’ir ahvolda edi. So’ngra, AQSh Ich xavfsizlik vazirligi va hozirgi Oq uy boshqaruvchisi Jon Kelli mazkur dastur qatnashchilarini doimiy himoya bilan ta’minlashni ko’zlamasligini aytdi.

“Dastur bu o’z nomi bilan vaqtinchalik himoyani nazarda tutadi”, - deydi u.

Salvador Tashqi ishlar vaziri Xyugo Martinez vaqtinchalik himoya dasturi butunlay tugatilmasidan avval ehtiyot choralarini ko’rmoqda.

“Dastur qatnashchilarini qonuniylashtirish yo’lida ta’sir ko’rsatish imkoni bor hali”, - deydi u.

Biroq Gerkulesga o’xshagan oilalar uchun bu yechim emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG