Breaking News

Tehronda sudga tortilayotgan amerikalik jurnalist "josus emasman" deydi


Jeyson Rizoyan "Vashington Post" gazetasi muxbiri
Jeyson Rizoyan "Vashington Post" gazetasi muxbiri

Eronda "Vashington Post" gazetasi jurnalisti, qamoqdagi Jeyson Rizoyan ustidan sud ishi qayta boshlandi. U josuslikda ayblanayapti. Tehronda yopiq eshiklar ortida kechgan sudda Rezayan ayblovlarni rad etdi.

Jurnalist ingliz tilida so'zlab, uning gaplari tarjima qilinib sudyaga taqdim etilgan. Rizoyan advokati Leyla Ahsan so'zlariga ko'ra, reportyor maxfiy ma'lumotni qidirib to'plagani va g'anim hukumatga topshirgani uchun josuslikda ayblanayapti.

Rizoyanning onasi Mari esa o'g'li faqat jurnalistlik kasbini bajargani uchun ushlanganini ta'kidlaydi.

Eron matbuoti xabariga ko'ra, jurnalist go'yoki 2008-yilda Obama saylov jamoasiga xat yozib, ikki davlat aloqalarini yaxshilashga o'zining yordamini taklif qilgan.

"Vashington Post" gazetasi tahririyatining bildirishicha, Rizoyan haqiqatda 2008-yilda Obamaga ishlash uchun ariza topshirgan, biroq yollanmagan.

Eron hukumati Rizoyan, uning rafiqasi Yagona Solihiyni o'tgan yilning iyulida ushlagan edi. Uning rafiqasi keyinroq qo'yib yuborilgan. Yagona ham jurnalist ekani, Eron tark etishi taqiqlangani aytilmoqda.

Rizoyan ham Eron, ham Amerika fuqarosi. Lekin Tehron o'z fuqarolarining boshqa davlatdan olgan fuqaroligini tan olmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG