Breaking News

Moskvada Kollektiv Xavfsizlik bitimi majlisi o’tdi, O’zbekiston undan rasman chiqdi


Rossiya kecha MDHdan besh davlat rahbarlari ishtirokida xavfsizlik va iqtisodiyotga doir forumga mezbonlik qildi.

Prezident Vladimir Putin Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga a’zo Armaniston, Belarus, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston prezidentlarini Kremlda qabul qilgan.

Moskva bu tuzilmani NATOga muqobil kuch deb ko’radi, biroq guruh tarqoq. Unga a’zo O’zbekiston kecha rasman tashkilotni tark etdi.

Forum ketidan tomonlar iqtisodiy muammolarni muhokama qilib olgan.

Putin bu uyushmani 2015-yilda tuzilishi rejalangan Yevrosiyo Iqtisodiy Forumi uchun poydevor deya ta’riflamoqda.

Qo’shma Shtatlar nazarida Moskva mintaqaviy savdo blokini yaratish orqali Sovet imperiyasini qayta tiklashga urinayapti.

Davlat kotibasi Xillari Klinton o’tgan oy qilgan chiqishida Vashington bunga yo’l qo’ymaydi, deya Kreml g’azabini keltirgan edi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG